+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

QORAXONIYLAR DAVRI ASARLARIDA ISHLATILGAN TILSHUNOSLIK ATAMALARI

muallif

  • Qosimjon Sodiqov

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-05

Muhim iboralar:

turkiy tilshunoslik tarixi, Qoraxoniylar davri yozma adabiy tili, til, so‘z, nutq, yozuv, yozma til.

Annotatsiya

Тil bilimi sohasida ilk o‘rta asrlarning Sharq, хususan, turkiy tilshunosligi Yevropa ilmidan ancha ildamlab ketgan edi. O‘sha davr tilshunosligida til bilimi atamalari tizimi tugal bir ko‘rinishda ishlab chiqilgan bo‘lib, qoraxoniylar davri asarlarida ularning ma’lum bo‘lagi tamg‘alanib qolgan.

Hozirgi an’anaviy tilshunoslikda atamaga (terminga) nisbatan belgilangan o‘lchovlar turkiy tarixiy tilshunoslikka nisbatan to‘g‘ri kelavermaydi. Ular ba’zan ko‘panglamlik xususiyatiga ham ega. Тurkiy so‘zlarning atamaga aylanish jarayonida buni yaqqol kuzatish mumkin.  

Eski turkiy yozma yodgorliklarda ishlatilgan atamalar tizimi ilk o‘rta asrlarda turkiy jamoada, xususan, bilginlar va o‘qimishlilar doirasida tilshunoslik, lisoniy bilim va tasavvurlar yuqori bosqichda ekanidan dalolat qiladi. Muhim jihati shundaki, ushbu atamalarning aksariyati turkiy so‘zlardan iborat. Тil bilimi atamalari tizimining muqim bir tartibga kelishi va takomillashuvida o‘sha davr tilshunos olimlari, tarixchilari va adabiyot ahlining xizmati ulug‘dir.

Ushbu maqolada qoraxoniylar davri asarlarida ishlatilgan tilshunoslik atamalari, ularning matndagi ma’nolari va atamaga aylanish jarayoni ochiqlab berilgan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

ТСД – Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони [Dīvānu luγāti-t-türk]. Нашрга тайёрловчи Қ. Содиқов. – Истанбул, 2021.

Yug – Аdib Аhmad Yugnakiyning «Hibatu-l-haqoyiq» asari: Arat 1992: A – asarning 1444-yili Samarqandda ko‘chirilgan uyg‘ur yozuvli nusxasi: S. I–LXII; B – asarning 1480-yili Istanbulda uyg‘ur yozuvida yozilib, tagma-tag arab xatida izohlab chiqilgan nusxasi: S. LXIII–CXVII; C – asarning XVI yuzyilda arab xatida ko‘chirilgan nusxasi: S. CXVIII–CLXVI.

Йүгiнеки – Ахмед Йүгiнеки. Ақиқат сыйы. Түпнусқаныӊ фотокөшiрмесi, транскрипциясы, прозалық және поэтикалық аудармасы. Баспаға дайындағандар: Ә. Қурышжанов, Б. Сағындықов. – Алматы, 1985.

QB – Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» masnaviysi: H – Vena (Hirot) nusxasi: Wien, ÖNB, Cod. A.F.13: Радлов В.В. Кутадку-Билик. Факсимиле уйгурской рукописи. – СПб., 1890; Yusuf Has Hacib. Kutadgu Bilig. A. Viyana Nüshası (Tıpkıbasım). – Ankara, 2015; N – Namangan (Farg‘ona) nusxasi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, 1809 ko‘rsatkichli qo‘lyozma. Yusuf Has Hacib. Kutadgu Bilig. B. Fergana Nüshası (Tıpkıbasım). – Ankara, 2015; Q – Qohira nusxasi: Misr Milliy kutubxonasi, 168- ko‘rsatkichli qo‘lyozma: Yusuf Has Hacib. Kutadgu Bilig. C. Kahire Nüshası (Tıpkıbasım). – Ankara, 2015.

МЛ – Алишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. Қосимжон Содиқов таҳлили, табдили ва талқини остида. – Тошкент, 2017.

Ilmiy asarlar:

Arat 1992 – Edib Ahmed b. Mahmud Yükneki. Atebetü’l-Hakayık. R.R. Arat. – Ankara, 1992.

Насилов 1974 – Насилов В.М. Язык тюркских памятников уйгурского письма XI–XV вв. – Москва, 1974.

Sodiqov 2016 – Sodiqov Q. Ilk va oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlar. –Toshkent, 2016.

Sodiqov 2020 – Sodiqov Q. Eski oʻzbek yozma adabiy tili. – Toshkent, 2020.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-02-13

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521