URDU TILIDA ANGLICIZMNING FONOLOGIK XUSUSIYATLARI HAQIDA
DOI:
https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-13Muhim iboralar:
so‘z o‘zlashish jarayoni, o‘zlashma so‘zlar, fonetik tizim, lingva franka, unlilar, undoshlar, bo`g`in, assimilyatsiya, fonema.Annotatsiya
Maqolada madaniyatlar va tillarning chatishuviga olib kelgan globallashuv davrida ko‘p madaniyatli jamiyat qanday vujudga kelgani tahlil qilinadi. Bu jarayon axborot almashinuvida erishilgan yuqori darajadagi yaqin hamkorlik bilan bog'liq. Yirik xalqaro ilmiy va amaliy aloqalar, madaniy almashinuv, yangi texnologiyalarning rivojlanishi yangi tushunchalar va ularning og'zaki belgilarini bosqichma-bosqich o'zlashishi va faol qo`llanishini taqozo qiladi.
Hozirgi kunda Hindiston va Pokiston kabi ingliz tili keng miqyosda qo'llaniladigan davlatni topish qiyin. Urdu tilining nufuzi esa yuqori davlat organlarida nisbatan kamroqdir. Shu sababli ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun ingliz tilini bilish ularning muvaffaqiyatli martaba va kelajakdagi moddiy farovonligining eng muhim sharti hisoblanadi.
Ingliz tilining urdu tiliga ta'sir ko`lami juda ko'p qirrali tarzda namoyon bo'ladi, uni bir qancha jarayonlarda kuzatish mumkin. Birinchidan, bu osongina aniqlash mumkin bo`lgan va to'g'ridan-to'g'ri o`zlashtiriladigan leksik o`zlashmalardir. Hozirda urdu tilida ro‘y berayotgan zamonaviy lingvistik jarayonlar ingliz tilining urdu tili uchun dominant tilga, ya`ni donorga aylanib borayotganidan, hamda uning lug‘at boyligini yanada boyitish va rivojlantirishning asosiy manbai ekanidan dalolat beradi.
Maqolada shuningdek, urdu tiliga ingliz o'zlashma so'zlarining kirib kelishi va fonetik o`zgarishlardagi muhim hisoblangan omillar haqida gap boradi. Hozirgi kunda urdu tilining ta'siri ostida talaffuz qilinadigan va uning muhim qismi bo'lgan zamonaviy ingliz o`zlashma so'zlarning namunalari veb-saytlardan to'plangan. Bunda ma`lum bir fonetik o`zgarishlar, jumladan, unli tovushlarning orttirilishi, qisqarishi yoki o`zgarishi ko`rib chiqiladi. Bu borada olimlarning fikrlari ham tahlil qilinadi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Umida Zakirova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...