+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEK NАSRI NАMUNАLАRINING URDU TILIDАGI TАRJIMАLАRIDА SАLBIYLIKNI IFODАLOVCHI SO‘ZLАRNING BERILISHI

muallif

  • Mohira Umarova

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-11

Muhim iboralar:

asliyat, urdu tili, qarg‘ish, nutqiy ekspressivlar, bevosita va bilvosita qarg‘ishlar, analogiya, so‘zma-so‘z tarjima, tarjimon.

Annotatsiya

Mazkur maqolada salbiylikni ifodalovchi leksik birliklar qarg‘ish, laʼnat va shu kabi so‘zlar va ularning tarjimalariga doir masalalar ko‘rib chiqilgan. Dunyo va o‘zbek tilshunoslik va tarjimashunosligida ushbu muammoga bag‘ishlangan ishlar, tadqiqotlar keltirib o‘tilgan. Mazkur maqolada P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani G‘.G‘ulomning “Shum bola” qissalari adabiy manba sifatida tanlab olingan. hamda mazkur asarlardan olingan qarg‘ish, laʼnat va umuman, salbiylikni ifodalovchi misollar urdu tilidagi va baʼzi o‘rinlarda rus tilidagi variantlari bilan o‘zaro chog‘ish­tirilib, tahlil qilingan. Tahlil qilish jarayonida tarjimon mahorati, keltirib o‘tilgan so‘zlarni tarjima qilishda qanday usullar qo‘llanilgan, ular o‘rinlimi yoki yo‘qmi, agar noo‘rin bo‘lsa, qanday o‘girilgani maʼqul ekanligi haqida yozilgan. Laʼnat va qarg‘ish so‘zlarni tarjima qilishda din, milliy mentalitet va turmush tarzining o‘rni, o‘zbek va urdu tillarida bunday omillar qanday ifoda etilgani to‘g‘risida maʼlumotlar keltirilgan. Bu kabi so‘zlarda gender masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Binobarin, ayol kishi muloqotida ko‘proq qarg‘ish so‘zlarni ifodalasa, erkak kishi nutqiga ko‘proq haqorat va so‘kish xos ekanligi misollar bilan ham isbotlangan.

Har ikki mamlakat nutqiga hayvon so‘zini yoki hayvon nominigina o‘zini qo‘llab haqoratlash kuzatilishi, bunda hayvonlar o‘sha mamlakat milliyligidan, dinidan va dunyoviy qarashlaridan kelib chiqib tanlanishi, aynan “Yulduzli tunlar” romani va “Shum bola” qissasida bu kabi so‘zlar analog usuli bilan tarjima qilingani va tarjima o‘rinli bo‘lgani haqida yozilgan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-07

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521