+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEK VA ARAB ADIBLARI IJODIDA “ESKI MAKTAB” TIZIMINING BADIIY TALQINI

muallif

  • Shaxlo Ahmedova

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-03

Muhim iboralar:

Eski maktab, musulmon ta’lim tizimi, madrasa, ma’rifat-parvarlik adabiyoti, “Ayyam”, “Xotira esdaliklari”, “Mulla”, ta’lim islohotlari.

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek-arab adiblari ijodida “eski maktab” timsoli kuza­tiladi. O‘rta asrlarda mushtarak islom tamadduni o‘z taraqqiyotida ulkan madaniy-ilmiy-adabiy yuksalish bosqichlardan o‘tdi. Islom ma’rifati solih musulmondan ilohiy va dunyoviy ilmlardan xabardor bo‘lishni talab qilardi. Musulmon an’anaviy ta’lim tizimi ikki bosqichli bo‘lib, birinchisi maktab – unga dastlabki bilim berish, yozuv, o‘qish, Qur’oni karimni yod­lash kabi vazifalar yuklangan edi. So‘ngra, o‘quv jarayoni o‘rta va oliy diniy o‘quv yurti – madrasalarga ko‘chardi. U yerda ulamolar va maktabdorlar, davlat devonxonalariga kotib­lar (xodimlar) tayyorlanar edi. Ko‘pincha madrasalar katta masjidlar qoshida ochilardi. Bizning mintaqamizda har bir shaharda maktablar va madrasalar bo‘lgan. Madarsalarda diniy fanlar – Qur’oni karimning tafsiri, hadislar, shariat qonunlari bilan birga tibbiyot, aruz ilmi, riyozat, falsafa, jug‘rofiya va boshqa fanlardan saboq berilgan. Butun dunyoga tanilgan buyuk allomalarimiz mana shu an’anaviy musulmon ta’limini olgan.

Shuningdek, ushbu maqolada kech o‘rta asrlarga borib dastlabki ta’lim o‘chog‘i – mak­tablar bir muncha oldingi mohiyatini yo‘qotib, asosan, alifbo o‘rgatuvchi va Qur’oni karim ma’nosini yaxshi tushuntirmasdan yodlatuvchi muassasaga aylanganligi xususida so‘z yuri­tila­di. Yangi davrga borib bunday maktablar bilim berishda hayotdan uzilib, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga mutlaqo javob bermasdan qoldi. Ko‘pincha ularda muallimlikni chalasavod mullalar bajarardi, bolalarni o‘rgatishga faqat eski an’anaviy usullardan foydalanardilar. Yangi davrda, ayniqsa, ma’rifatparvarlik bosqichida (XIX–XX asr boshida) Turkistonda ham, arab olamida ham yangi maktablarga, zamonaviy o‘qishga ehtiyoj tobora shiddatli kuchaydi. Eski maktab tizimi esa qattiq tanqidga olindi. Shunisi qiziqki, bu jarayon Turkistonda va arab olamida bir vaqtda o‘xshash tarzda kechdi, vaholanki, bu mintaqalar bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa ham. Hayot muammolariga hozirjavob badiiy adabiyot o‘z tomo­ni­dan eski maktab muammosiga yondashib, Turkistonda ma’rifatparvar adiblar Sadriddin Ayniy va Abdulla Avloniy asarlarida o‘z ifodasini topdi.

Sadriddin Ayniy o‘zining “Eski maktab” asarida o‘sha davr ta’lim tizimining sustligi, inson­larning loqaydligi, bugunini o‘ylab yashagani-yu, farzandlari taqdiriga yetarli e’tibor bermaganini ko‘rsatib beradi.

Maqolada o‘zbek ma’rifatparvarlari bilan bir qatorda buyuk arab yozuvchisi Toha Hu­sayn­ning “Kunlar” (“Ayyam”) romani, Kuvayt adabiyotining taniqli adibasi Surayyo Baq­sa­miyning “Mulla”, Birlashgan Arab Amirligi adabiyotining yorqin vakilasi Shayxa Naxiyning “Xotira esdaliklari” kabi asarlari tahlilga tortilgan.

Shunisi e’tiborga molikki, yuqorida Sadriddin Ayniyning “Eski maktab” asarida keltiril­gan vaziyatni biz XX asr 30-yillarida yaratilgan Toha Husaynning “Kunlar”romanida, shu­ning­dek, XX asr 70-yillarida yaratilgan Surayyo Baqsamiyning “Mulla”hikoyasida ham ko‘ramiz.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-07

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521