+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KONSEPT MASALASI VA KOREYS LINGVOKULTUROLOGIYASIDA “AYOL” KONSEPTINING IFODALANISHI

muallif

  • Barno Hakimova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-04

Muhim iboralar:

Konsept, qatlam, ayol, kognitiv,til, Pak Vanso,lingvomadaniyatshunoslik, obraz.

Annotatsiya

XX –XXI asr tilshunosligida kognitiv lingvistikani rivojlanishi o‘ziga xos tomoni xisoblanadi. Konseptni asosiy shakli chet el olimlarini hamda mamlakatimiz olimlarini tadqiqot predmetlariga aylandi. Bizga ma‘lumki, konsept lisoniy birliklar (so‘z, gap, matn) orqali yuzaga chiquvchi fikrlash jarayonining natijasidir. Konsept bizning psixikamizda aks etuvchi obyektiv borliq sifatida, predmet va hodisalar haqida ma’lumot, tushuncha, tasavvurlarni o‘zida tashishi, saqlashi, o‘zgaga yetkazib berishi bilan jamiyat a’zolarining predmet va hodisalarga bo‘lgan munosabatini qayd etishi bilan o‘ziga xosdir. Demak, turli madaniyatlarda konseptlar olami turlicha aks etadi. Konsept imkoniyati individual hissiy va madaniy tajriba natijasida til egalari tomonidan boyitiladi. Keltirilgan yondashuvlardan tashqari yana bugungi kundagi zamonaviy tilshunoslikda konseptni lingvomadaniy talqini ham mavjud ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shuni ta‘kidlash joizki, lingvomadaniy jihatdan konsept madaniyatning asosiy birligi sifatida hisoblanib, uning tarkibiga esa belgilar, etimologiyasi, konsept tarixi, zamonaviy asotsatsiyalari, unga munosabat yoki uni baholash kabilar kiradi. Demak, kognitiv va til strukturasini bog‘lab turuvchi birlikka konsept deb ataladi. Lingvomadaniyatshunoslikda konsept leksik hamda frazeologik birliklarda   o‘z ifodasini topadi.

Tadqiqotimizning obyekti “ayol” konseptidir. “Ayol” konseptining mazmuniga va uning badiiy hikoyalar singari til vositalaridagi obyektiv ifodasiga nazar tashlaymiz. V.N. Teliya fikriga ko‘ra, badiiy asar tilining tarkibi – bu “lingvomadaniy birlik o‘zining milliy o‘ziga xosligini namoyon etadigan ko‘zgudir”, aynan badiiy asarlar til tashuvchilariga dunyo, vaziyat haqidagi alohida tasavvurlarni “yuklaydilar” . Koreys madaniyati vakillarining tafakkurida ayolning tashqi fazilatlari eng avvalo ojizlik, itoatkorlik, go‘zallik, nafosat va nazokat bilan bog‘lanadi. Pak Vansoning hikoyalaridagi qahramonlarda bunday fazilatlar aks etmaydi. Koreys ayolini yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida, shuningdek ayol fe’l-atvoriga xos bo‘lgan xususiyatlarni Pak Vanso o‘z hikoyalarida quyidagicha tavsiflaydgan“…u xuddi takabbur aslzoda ayol singari manmanlik qila boshladi…”, “uning ichiqora, maydakash tabiatini namoyon etdi”, “g‘ayriinsoniy xulq-atvor”, “sovuq va mulohazakor”, “tabiatan hokimiyatsevar”, “qari ayol o‘z sha’ni va qadr-qimmatini yerga urmasdi” .

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-30

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521