“JAHONGIRNOMA” ASARIDA DAVLAT BOSHQARUVIGA DOIR QONUN VA TARTIBLAR
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-10Muhim iboralar:
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buyuk Boburiylar davlati tarixiga oid “Jahongirnoma” asarida davlat boshqaruviga oid qonunlar va tartiblar haqida qisqacha ilmiy ma’lumotlar berilgan. Buyuk Boburiylar davlatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Movarounnahrni tark etganidan so‘ng 1504 yili Kobulda mustahkam o‘rnashib oladi va asta-sekin o‘z davlati sarhadlarini kengaytirib borgan. Shimolda Balx va g‘arbda Qandahorni ham o‘z tasarrufiga kiritganidan so‘ng Bobur Hindistonni egallash uchun harakat qilgan. 1526 yili Panipat jangida Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diy ustidan g‘olib chiqqan Bobur podshoh o‘z davlati poytaxtini Kobuldan Agaraga ko‘chiradi. Boburiy hukmdorlarning barchasi aynan Hind zaminida boshiga toj kiygan. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Bobur Agrada vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan Humoyun podshoh otasining davlatni boshqarish uslubini davom ettirgan. Bu davrda ko‘proq islom dini ta’siri kuchli bo‘lgani seziladi. Boburiylar davlatining uhcunchi tojdori Jaloliddin Muhammad Akbar podshoh davrida boshqaruv tizimida ancha o‘zgarihlar ro‘y beradi. Akbar podshohning ma’muriy, diniy sohadagi islohatlari sabab saroyda boshqa din vakillariga ham keng o‘rin berilgan.
Jahongir podshoh taxtga o‘tirganidan so‘ng mamlakatni boshqarishda adolat tamoyillari asosida ish olib borish uchun o‘z saroyi devoriga adolat zanjiri deb ataluvchi qo‘ng‘iroqli oltin zanjir o‘rnatdirgan va o‘n ikki banddan iborat bo‘lgan davlatni idora qilish to‘g‘risidagi qonunni joriy etgan. Jahongir podshoh bu qonunlarni buyuk ajdodlari Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh tutgan tartib-qoidalari asosida ishlab chiqqan. Nuriddin Muhammad Jahongir mamlakatni idora etishda ulug‘ bobokalonlari Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘git va nasihatlariga binoan adolat tamoyili asosida ish yuritishni maqsad qilgan. Jahongir podshoh o‘z saroyi devoriga adolat zanjiri deb nomlangan oltin zangir o‘rnattirgan. Bu oltin zagjirning uzunligi o‘ttiz gaz bo‘lib unda oltmish dona kumush qo‘ng‘iroqlar osilgan bo‘lgan. Biron argzgo‘y o‘zi yashab turgan hudud hokimining adolatsizligidan norozi bo‘lsa, kelib shu adolat zanjirini silkitib qo‘ng‘iroqlarni chalib, podshohning e’tiborini tortish va adolatsizlikni bartaraf etishda podshohning shaxsan aralashuvini talab qila olish imkoniga ega bo‘lgan.
Jahongir podshohning bu tartib qoidalari keying Boburiy hukmdorlar uchun ham mamlakatni boshqarishda asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Botir Yuldashev
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...