+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

MADANIYAT TRANSFERINING FANDAGI O‘RNI

muallif

  • Barnoxon Shamsiyeva

DOI:

https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-08

Muhim iboralar:

transfer, madaniyat transferi, o‘ztkazish, ko‘chirish, assotsiyatsiya, dunyoning lisoniy manzarasi

Annotatsiya

Keyingi yillarda fanlaro ayni terminlarning qo‘llanishi kuzatilmoqda. Bu bir tomondan fanlarning uzviy bog’liqligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan  bunday terminologik birliklar fan doirasida o‘ziga xos talqinni ham talab qiladi. “Transfer”, “madaniyat transferi” terminlari ham shular jumlasidan bo‘lib, bu borada ilmiy izlanish olib boorish olimlarni ushbu fanlararo terminologik birlik ostida xalqaro, fanlararo ilmiy anjumanlarda birlashishi imkoniyatini bermoqda. Bugunga kelib, madaniyat transferi haqidagi turli xil ta'rif, yondashuvlar mavjud, lekin bu doiradagi tadqiqotlarning asosida madaniyat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, yetkazish va qabul qilish jarayoni tahlili, o‘zga madaniyatni retsepsiya va interpretatsiya jarayonlarini o‘rganish tadqiqotchilarni umumiy bir yo‘lda birlashtiradi. Ushbu maqolada “transfer” hamda “madaniyat transferi”ning nafaqat tilshunoslik va tarjimashunoslikdagi o‘rni, balki, boshqa fanlardagi qo‘llanish doirasi haqida ham so‘z yuritiladi. Shuningdek, “transfer” terminining “ko‘chish”, “o‘tkazish” tushunchalari bilan o‘zaro farqlari ochib berilgan va bu borada fikr xulosalangan. Maqolaning maqsadi “transfer” va “madaniyat transferi” terminlarining fanlaro chegarasini belgilshdan iborat. Buni yoritishda izohli lug’atlar, fanga oid lug’atlar, shu sohada ilmiy ish olib borgan tadqiqotchilar fikrlariga tayanildi. Mazkur ishda ishning ob’yekti bo‘lgan terminlarning xususan tarjimashunoslikdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.  Olib borilgan tadqiqotdan shunday xulosaga kelinadiki, transfer va tarjima ma'lum va noma'lum belgilar o‘rtasidagi semiotik masofada faoliyat yurgizadi. Badiiy matnda madaniyat transferining sodir bo‘lishi – ma'lum bir g‘oyalarning begona madaniyat maydoniga “ko‘chishi”, badiiy matnning yangi hayoti, yangi muhit sharoitidan kelib chiqib moslashishini, bir so‘z o‘ziga yangi ma'no “yuklab” olishi va assotsiatsiyalari bilan bog‘liq masalalarni tarjimashunoslikda madaniyat transferi nazariyasining asosini tashkil qiladi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-25

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521