ALISHER NAVOIYNING ARABIY MISRALI G‘AZALLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-11Muhim iboralar:
arab tili, kulliyot, devon, g‘azal, misra, kontekstual tahlil, soqiy, mug‘bacha, may, vahdat, maqsad vodiysi.Annotatsiya
Alisher Navoiy o‘z davri arab va fors adabiyotining chuqur bilimdoni bo‘lib, bu tildagi adabiy manbalarni tizimli o‘rgangan. Qolaversa, shoir yashagan davrda arab tili va fors tilini bilish ziyoli va olim insonlar uchun talab darajasida bo‘lib, ilmiy va badiiy asarlarning nomlari ham aksar shu tilda bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘z asarlarini arabiy so‘zlarsiz tasavvur qilish mumkin emas, shoir Qur’on oyatlari, hadislar va Islom olimlari, oriflari hikmatlarini arab tilida keltirgan, hazrati Alining “Nasr ul-laoliy” asarini arab tilidan turkchaga “Nazm ul-javohir” nomi bilan tarjima qilgan. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida arab tilini barcha tillardan ustun qo‘ygan va bu u uchun e’tiqodiy masala sanalgan. G‘azaliyotida bir satri turkcha, bir satri arabcha bo‘lgan she’rlar ham uchraydi. Maqolada shoirning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidan o‘rin olgan arab misrali uchta g‘azali tahlil etilgan, muallif matnlarni birlamchi manbaga tayanib o‘rgangan, tadqiqotda kontekstual tahlil metodi qo‘llangan. Bu mazkur metod asosida mumtoz matnlarni sharhlash masalasida ilk tajriba bo‘lib, muallif Alisher Navoiy matnlarini to‘g‘ri tushunishda uning samarali ekanini ko‘rsatishga harakat qilgan. Buning uchun g‘azal matnlarini kontekstlarga bo‘lib chiqqan, ulardagi manzara va mazmunni alohida holda o‘rganib, so‘ng boshqa kontekstual birliklar bilan uyg‘un nuqtalarini aniqlagan va shu asosda Alisher Navoiy nazarda tutgan ma’noni oydinlashtirishga intilgan. Arabiy misralar g‘azal matni bilan ma’no va ritmda uyg‘unlashib, uning mazmuni yorqin aks etishiga xizmat qilganiga urg‘u berilgan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Akrom Malikov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...