INGLIZ O‘ZLASHMALARINING URDU TILIGA KIRIB KELISHIDA TARIXIY OMILLARNING AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-05Muhim iboralar:
so‘z o‘zlashish jarayoni, o‘zlashma so‘zlar, tarixiy omillar, ingliz mustamlakasi, milliy til, bilingvizm, ijtimoiy jarayonlar, Sharq va G‘arb.Annotatsiya
O‘zlashma so‘zlar lug‘at tarkibidagi asosiy kategoriyalardan biri boʻlib, tilning lug‘at boyligi va jozibadorligi qanchalik boy hamda xilma-xil ekanligini ko‘rsatuvchi muhim boʻlgan belgilardan biri sanaladi. O‘zlashma so‘zlar zamon talabi bilan kishilarning so‘z ma’nolarini har tomonlama to‘la va mukammalroq ochishga urinishdan kelib chiqadi. Urdu tili lug‘at boyligi ham o‘zlashma so‘zlarga juda boy bo‘lib, har bir so‘zni to‘gri va o‘rnida qo‘llay bilish muammolari urdu tili o‘rganuvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi, turli uslubiy-ma’noviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. O‘zlashma so‘zlar zamon talabi bilan kishilarning so‘z ma’nolarini har tomonlama to‘la va mukammalroq ochishga urinishdan kelib chiqadi. Tanlangan mavzu dolzarbligini ta’kidlagan holda shuni aytish kerakki, hozirgi kunda ingliz tili Pokistonda ikkinchi rasmiy til maqomini olgan millatlararo muloqot tili sanaladi. Ingliz tilining bu darajada muhim tilga aylanishining ma’lum sabablari bor: savdo va iqtisodiy munosabatlarning kengayishi; Amerika Qo‘shma Shtatlarining jahon iqtisod va siyosatida o‘rni; yangi informatsion va kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi va boshqalardir. Shunday bir sharoitlarda butun dunyodagi kabi Pokistonda ham ingliz tilini oʻrganishga qiziqish ortib bormoqda.
Pokiston va Hindiston ommaviy axborot vositalari urdu va hind tillarida ingliz tilining globallashuviga asos bo‘ladi. Masalan, ommaviy axborot vositalari orqali “reporter”, “police”, “cricket” kabi leksemalar keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha so‘zlashuv so‘zlarining ko‘pi urdu tili leksikasiga juda tez sur’atda kirib bormoqda. Shuning natijasi o‘laroq, ushbu tadqiqot davomida urdu tiliga kirib kelgan ingliz o‘zlashma so‘zlarining salmoqli qismini kuzatgan holda gazeta, jurnal, maqolalar, online saytlarda ularni semantik va strukturaviy taraflama tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Umida Zakirova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...