XALQARO MUNOSABATLARDA “YASHIL NAZARIYA” ASOSLARI VA UNGA DOIR YONDASHUVLAR
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-19Muhim iboralar:
globallashuv, yashil siyosat, ekologik xavfsizlik, ekologik moder¬nizatsiya, siyosiy ekologiya, ekoradikal, ekosentrizm, bioregionalizm, yashil nazariya, ekologizm.Annotatsiya
Ekologik muammolar ikkala jahon urushi hamda keyinchalik sanoatlashtirishning shiddat bilan rivojlanishi natijasida yerga yetkazilgan talofatlar bugungi kunda o‘z oqibatlarini ko‘rsatmoqda, bu masalaga xalqaro darajada e’tibor berilmasligi, jiddiy chora tadbirlar ko‘rilmasligi esa vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Sovuq urush tugagach, ekologik muammolar muhokama qilinishi zarur bo‘lgan mavzular doirasidan joy oldi. Ammo mazkur masalaga xalqaro va siyosiy darajada jiddiy yondashish hamda zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish masalasi hali-hanuz ochiq qolmoqda. Zero, ekologik muammolar endilikda faqat bir davlat yoki mintaqa hududidagina mahalliy darajada hal qilinsa bo‘ladigan masala emasligi ayon bo‘lib bormoqda. Sanoati eng rivojlangan davlatlarning ba’zilari iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan va global isishni keltirib chiqaradigan ifloslanishga (karbonat angidrid va metan) katta hissa qo‘shgan davlatlardir. Ushbu iqlim o‘zgarishining yana bir ta’siri – yuqori havo harorati, mavsumning o‘zgarishi va quruqlik sathining kengayishida ham ko‘rish mumkin. Shunday ekan, ekologik masalalarga global miqyosda yondashish, uni ilmiy tadqiq qilish va xalqaro hamkorlik doirasida choralarni qo‘llash orqaligina to‘g‘irlab bo‘lmas fojiaga aylanishining oldini olish mumkin.
Xalqaro munosabatlarda olimlar ekologiya sohasiga oid masalalarning siyosiy ahamiyatini hamda sohaga oid muammolarni o‘rganib chiqish, ularga yechim topish maqsadida turli yondashuvlarni ishlab chiqmoqdalar hamda ularni “yashil nazariya”da yaxlitlashtirmoqdalar. Mutaxassislar ekologiya masalasini bir tomondan yondashib hal qilishning iloji yo‘qligini inobatga olib, iqtisodiyot, energetika, sanoat, ta’lim va boshqa sohalar nuqtayi nazaridan qarash va ilmiy tadqiq qilish kerak, degan xulosaga kelganlar. Shulardan kelib chiqqan holda maqolada “yashil nazariya”ga oid yondashuvlar hamda ularni boshqa davlatlar hamda xalqaro va mintaqaviy, qolaversa nodavlat tashkilotlarning tajribalari o‘rganib chiqiladi hamda ilmiy tahlil qilinadi. Xalqaro munosabatlarda ekologiya yo‘nalishi nisbatan yangi ekanligidan kelib chiqqan holda, undagi muammolarga odilona yechim topish xalqaro munosabatlarning boshqa yo‘nalishlar bilan o‘zaro uyg‘unlashtirishni ham taqozo etadi.
Yuklashlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Hugh C. Dyer. (2018) Introducing Green Theory in International Relations/. The University of Leeds, UK. ISSN 2053–8626 Retrieved from https://www.e-ir.info/pdf/72249
K.D.Tasdemir. (2019) Green theory. Retrieved from Retrieved from https://www.linkedin.com/pulse/green-theory-do%C4%9Fukan-ta%C5%9Fdemir?utm_source=share&utm_medium=guest_desktop&utm_campaign=copy Retrieved from https://tr.linkedin.com/in/kutluay-do%C4%9Fukan-ta%C5%9Fdemir-8453b1190?trk=article-ssr-frontend-pulse_publisher-author-card
Волох В.А. (2022) «Экологическая политика: некоторые вопросы теории и практики». Вестник университета Мировых цивилизаций, vol. 13, no. 1 (34), 6–12. Retrieved from https://cyberleninka.ru/article/n/ekologicheskaya-politika-nekotorye-voprosy-teorii-i-praktiki
Garrett Hardin. (1968) The Tragedy of the Commons. Science 162 (3859), 1243-1248. DOI: 10.1126/science.162.3859.1243 Retrieved from https://math.uchicago.edu/~shmuel/Modeling/Hardin,%20Tragedy%20of%20the%20Commons.pdf
J. Vogler in B. White, R.Little, and M. Smith. (1997) Issues in World Politics, London: MacMillan Press Ltd, 222.
R. Jackson and G. Sorensen (2005). PengantarStudi Hubungan Internasional, Yogyakarta: Pustaka Pelajar, 323.
Ministry of Ecology and Environment The People’s Republic of China. 2021, Environmental Policies. Retrieved from http://english.mee.gov.cn/Resources/Policies/policies/. MEE. Accessed on 20/7/2021.
International Energy Agency. 2021. PoliciesDatabase, Retrieved from https://www.iea.org/policies?sector=Indsector = Industry & country=United%20States,IEA. Accessed on 19/7/2021
International Energy Agency. (2021). PoliciesDatabase, Retrieved from https://www.iea.org/policies?country=Ggermany sector=Industry &page=2, IEA. Accessedon 18/7/2021
Ministry of Environment. Government of Japan, (2021). Environmental Policy. Retrieved from https://www.env.go.jp/en/policy/index.html,Tokyo: MoE. Accessed on 9/8/2021.
NOVO JURIS LEGAL. (2020). Thought LeadershipSalient Features of New Industrial Policy. Retrieved from https://www.novojuris.com/thought-leadership/salient-features-of-new-industrial-policy-2020-25.html. Accessed on 3/9/2021.
Aldrich, J.H., (2015). Getting out the vote in thesocial media era: Are digital tools changing theextent, nature and impact of party contacting inelections? Party Politics, 22(2), pp.165–178.
Project guru. Manufacturing industries as the majorsource of air pollution in India. Retrieved from https://www.projectguru.in/air-pollution-india/Accessed on 3/9/2021.
Sustainable Governance Indicators. 2021. FrenchRetrieved from https://www.sgi-network.org/2020/France.Accessed on 1/8/2021.
The UK's Industrial Strategy. Retrieved from https://www.gov.uk/government/topical-events/the-uks-industrial-strategy. Accessed on1/8/2021.
Robert Jackson and Georg Sorensen, (2005). Pengantar Studi Hubungan Internasional, Yogyakarta: Pustaka Pelajar, page 325.
Paris Agreement, United Nations, Retrieved Retrieved from https://unfccc.int/sites/default/files/english_paris_agreement.pdf Accessed on 3/8/2021.
Griffin, Paul. (2017). The Carbon Majors Database:CDP Carbon Majors Report 2017. London: CDP
Грушко М.П. (2018). Прикладная экология: учебник. – М.: Лань, – С. 268.
Третьякова Н.А. (2018). Основы экологии: учеб. пособие для вузов / Н.А. Третьякова; под науч. ред. М.Г. Шишова. – М.: Изд-во Юрайт, – С. 111.
Дубовик О.Л. (2003). Экологическое право: учебник / О.Л. Дубовик. – М.: Проспект, – С. 267
M. V. McGinnis. (1999). Bioregionalism // Routledge –- 252 PP. // ISBN 9780415154451 Retrieved from https://www.routledge.com/Bioregionalism/McGinnis/p/book/9780415154451
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2025 Gulmira Bekdurdiyeva

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...