+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

RAHNAVARD ZARYOB ASARLARIDA HAYOTNI BADIIY AKS ETTIRISH TAMOYILLARI

muallif

  • Nargiza Kabirova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-04

Muhim iboralar:

obraz, badiiy tasvir, xarakter, peyzaj, portret, ramz, kompozitsiya, istiora.

Annotatsiya

Zamonaviy Afgʻoniston dariyzabon adabiyoti xususan,  badiiy til va badiiy tasvir vositalari bilan yaratilgan obrazlar Rahnavard Zaryob asarlarining amaliy faoliyati bilan boyib, Afgʻoniston dariy hikoyachiligini yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Hayotning rang-barang haqiqatini qiziqarli va haqqoniy aks ettirish uchun har xil badiiy vositalar, ijodiy tajribalar, estetik qarashlarni qoʻllash salmoqli asarlar yaratilishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Rahnavard Zaryob hikoyalarining qahramonlari hayotda juda koʻp ezilgan, qiynalgan, qalbi armonga toʻla taqdir egalaridir. Bunday yondashuv qahramon tuygʻularini toʻlaroq idrok etish, uni chuqur tushunib tadqiq qilish, insonlarning xatti-harakatlarini yashash sharoiti, tayanadigan axloqiy oʻrnaklaridan  kelib chiqib baholash imkonini beradi. Zaryob dariyzabon adabiyotda koʻpdan qaror topgan, qahramon ruhiyatini har jihatdan boʻrttirib koʻrsatishga xalaqit beradigan badiiy cheklashlardan voz kecha oladi. Shu sababli ham uning hikoyalari qahramonlari yoqimli yoki yoqimsiz xarakter egasi sifatida tasvirlanishidan qatʼi nazar, kitobxonni befarq qoldirmaydi. Kitobxon bu personajlar qismatidan taʼsirlangani, ularga ichdan xayrixohlik tuygani bois ularning ruhiy olamiga koʻchganini sezmay ham qoladi. Bundan koʻrinadiki, Rahnavard Zaryob hikoyalaridagi odamlar qismatining ogʻir va ilojsizligi tasviridagi umumiylik obrazlar tasviridagi yaqinlikka sabab boʻlganligida kuzatiladi. Adib hayotdagi shunday odamlarni badiiy obrazga aylantiradiki, ularning tashvishlari, iztirobi, baxtsizligi bir-birinikidan ayanchli boʻlsa bordir, ammo kam emas. Xususan, yozuvchini hayotdagi shunday insonlar ruhiyati va hayoti tadqiqi qiziqtiradi. Hikoya janrida qahramon xarakteridagi betinim oʻzgarishlarni tasvirlash, uni davr bilan bevosita bogʻliqlikda aks ettirish boshqa janrdagi asarlarga nisbatan osonroq. Bizga maʼlumki, davrning eng dolzarb muammolarini bevosita badiiy talqin etishda hikoya janri avangard boʻlib kelgan. Hajmning ixchamligi va boshqa koʻplab janr qulayliklari bunga toʻla imkoniyat yaratib bergan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

Саримсоқов Б. Бадиийлик моҳияти ва асослари // Бадиийлик асослари ва мезонлари. А.С.Аҳмедова Т.: босмах. 2004. –Б.37.

Адабиёт назарияси (2 жилдлик) –Т.: «Фан», 1978. 1-жилд. –Б.107.

رهنورد زریاب. داستان ها. «چوریهای ارغوانی» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۲۲۵.

رهنورد زریاب. داستان ها. «رقاصه» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۲۵۵

رهنورد زریاب. داستان ها. «رقاصه» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۲۶۰.

رهنورد زریاب. داستان ها. «شهر طلسم شده» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۱۴۷.

رهنورد زریاب. داستان ها. «مرغی که مُرد» کابل - ۱۳۹۵.

رهنورد زریاب. داستان ها. «مرغی که مُرد» کابل - ۱۳۹۵. ص. – ۳۳۹.

Фитрат А. Адабиёт қоидалари // Танланган асарлар: Ж. IV. Дарслик ва ўқув қўлланмалари, илмий мақола ва тадқиқотлар (Масъул муҳаррир Б.Қосимов). –Б.56.

رهنورد زریاب. داستان ها. «ده کدۀ ما» کابل– ۱۳۹۲. ص. ۱۱۱

رهنورد زریاب. داستان ها. «چوری های ارغوانی» کابل– ۱۳۹۵. ص.۲۲۵

رهنورد زریاب. داستان ها. «خواب ترس ناک» کابل– ۱۳۹۲. ص. ۴۴۸

رهنورد زریاب. داستان ها. «رقاصه» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۲۶۰.

رهنورد زریاب. داستان ها. «رقاصه» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۲۵۵.

رهنورد زریاب. داستان ها. «بی گل و بی برگ» کابل– ۱۳۹۲. ص. ۴۲

رهنورد زریاب. داستان ها. «چوری های ارغوانی» کابل– ۱۳۹۵. ص.۲۲۵

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۳۹۱

رهنورد زریاب. داستان ها. «بی گل و بی برگ» کابل– ۱۳۹۲. ص. ۳۷.

رهنورد زریاب. داستان ها. «پاها» - کابل.۱۳۹۵. ص .۱۸۴/۱۸۵

رهنورد زریاب. داستان ها. «پاها» کابل. ۱۳۹۵. ص ۱۸۱

رهنورد زریاب. داستان ها. «فریاد» کابل. ۱۳۹۲. ص -۴۲۵ ۴۲۹

Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. –Т.: Akademnashr. -2010. –Б.32.

رهنورد زریاب. داستان ها. «فریاد» کابل. ۱۳۹۲. ص. ۴۲۵

رهنورد زریاب. داستان ها. «معلم رسم» - کابل. ۱۳۹۲ .ص. ۱۰۳

رهنورد زریاب. داستان ها. «معلم رسم» - کابل. ۱۳۹۲ .ص. ۱۰۴

رهنورد زریاب. داستان ها. «دیوار» کابل. ۱۳۹۲. ص. ۲۷-۳۰

رهنورد زریاب. داستان ها. «دیوار» کابل. ۱۳۹۲. ص. ۲۹

رهنورد زریاب. داستان ها. «دیوار» کابل. ۱۳۹۲. ص. ۲۷

رهنورد زریاب. داستان ها. «پیرزن و سگش» کابل – ۱۳۹۲ ص ۴۶۳-۴۷۲

رهنورد زریاب. داستان ها. «پیرزن و سگش» کابل – ۱۳۹۲ ص ۴۶۳

رهنورد زریاب. داستان ها. «پیرزن و سگش» کابل – ۱۳۹۲ ص -۴۷۱

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵.ص - ۳۸۹- ۳۹۴

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۳۹۴.

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۳۹۴-۳۸۹.

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۳۹۰.

رهنورد زریاب. داستان ها. «خنجر» کابل– ۱۳۹۵. ص. ۳۹۰-۳۹۴.

رهنورد زریاب. داستان ها. «بی گل و بی برگ» کابل– ۱۳۹۲. ص. ۳۸-۴۸.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-02-12

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521