+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

“BOBURNOMA”NING URDUCHA TARJIMASIDA MILLIY KOLORITNING BЕRILISHI

muallif

  • Muxlisa Sharaxmеtova

Muhim iboralar:

«Boburnoma», urducha tarjimalar, asliyat, izoh, realiya, qiyosiy tahlil, transliteratsiya, analogiya.

Annotatsiya

Mazkur maqolada ulug‘ vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning (1483–1530) shoh asari «Boburnoma»ning urdu tiliga qilingan tarjimalari haqida maʼlumot keltirilgan. Maʼlumki, «Boburnoma» dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan, jumladan, urdu tiliga ham to‘rtta tarjimasi mavjud. Mazkur tarjimalar turli davrda turli tarjimonlar tomonidan bajarilgan.

«Boburnoma»ni urdu tiliga birinchi marta asliyatdan, ya’ni turkiy-chigʼatoydan Mirzo Nasiruddin Haydar Ko‘ragoniy tarjima qilgan . Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur tarjima 1898-yilda amalga oshirilgan, biroq tarjimani muallifning hayotlik chog‘ida nashr etishning imkoni bo‘lmagan. Keyinchalik 1926-yilda Ko‘ragoniyning farzandlari asarni Dehlida chop ettirganlar. Qo‘limizdagi Ko‘ragoniyning tarjimasi 1962-yilda Karachi shahrida «Buk-Lend» nashriyotida qayta chop etilgan.

«Boburnoma» Rashid Axtar Nadaviy tomonidan ham tarjima qilingan.  Mazkur tarjima dastlab 1965-yilda, keyinroq 1991-yilda Laho‘r (Pokiston) shahridagi «Sang-e-meel» nash­ri­yotida chop etilgan va jami 287 betdan iborat. Kitobda tarjimon tomonidan yozilgan salkam to‘rt betli so‘zboshi va olti betli mundarija berilgan.

«Boburnoma»ning urdu tiliga yana bir tarjimasini forsiydan hindistonlik professor Yunus Ja’fariy amalga oshirdi va ushbu tarjima Angliyada chop etildi.

«Boburnoma»ning urdu tiliga yana bir tarjimasini Muhammad Qosim Siddiqiy amalga oshirgan. Bu tarjima dastlab 1983-yilda Dehlida «Taraqqi Urdu Bureau» nashriyotida chop etilgan. 2010-yili mazkur tarjimaning ikkinchi, to‘ldirilgan nashri ham Dehlidagi «Qaumi Counsil Bara-e-Farogh-e-Urdu Zaban» nashriyotida chop etilgan. Unga professor Muhammad Hamidulloh Bhat so‘zboshi yozgan.

Yunus Jaʼfariy, Rashid Аxtar Nadaviy va Muhammad Qosim Siddiqiy tarjimalari bilvosita, yaʼni forsiydan o‘girilgan tarjima hisoblanadi.

Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari «Boburnoma»da geografik hududlar, adabiy portretlar, kishi ismlari, tabiat manzaralari, cholg‘u asboblar, kiyim-kechaklar, shuningdek, hayvonot va nabotot olamini tasvirlashda ko‘plab milliy xos so‘zlar – realiyalar uchraydi. Mazkur maqolada Mirzo Nasiruddin Haydar Ko‘ragoniyning urducha tarjimasida milliy kolorit, milliy xos so‘zlar tarjimalari, shuningdek, muallif uslubiga xos jihatlarning tarjimada berilishi qiyosiy tahlil qilinib xulosalar keltirilgan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

تزک بابری ، مرزا نصیر الدین حیدر کراچی،١٩٦٢ (426 р.)

بابرنامہ (تزک بابری)محمد قاسم صدیقی ،ترقی اردو بیورو،نئی دہلی١٩٨٣(66 p.)

تزک بابری ،رشید اختر ندوی لاہور ١٩٩٣ (287 р.)

وقا ئع بابر ،یونس جعفری شہر بانو پبلی شیرز کر یکادی٢٠٠٧ (396 р.)

Влахов С. ва Флорин С. Непереводимое в переводе. – М.: Международные отношения, 1980.

Очилов Э. Таржимашуносликнинг назарий масалалари. – Тошкент: ТДШИ, 2014.

Бобурнома. П. Шамсиев, С. Мирзаев ва Эйжи Мано (Япония) нашрлари асосида қайта нашрга тайёрловчи: С. Ҳасанов. – Тошкент: Шарқ, 2002.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-02-12

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521