+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

HUQUQIY KOMMUNIKATSIYA TURMUSH MADANIYATINING OʻZIGA XOS KOʻRINISHI SIFATIDA

muallif

  • Ruxsora Elmuratova

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-22

Muhim iboralar:

Huquqiy, ilmiy, targʻibot,\siyosat, qonun, madaniyat, jamiyat, davlat, boshqaruv, adolat.

Annotatsiya

Maqolada yoritilayotgan mavzu, asosan, oʻrta asrlarda davlat bosh­qaruvida huquqiy kommunikatsiyaning ahamiyati boʻlib, mavzu bilan bogʻliq holda huquqiy kommunikatsiya haqida gapirganda quyidagilarni eʼtiborga olish kerak. IX–XVI asrlarda musulmonlar yashaydigan mamlakatlarda yozilgan kitoblarda huquqiy masa­lalar asosan maʼnaviy-maʼrifiy, maʼmuriy yoki ilmiy yondashuvlar bilan bir qatorda keltirilgan, shuning uchun koʻp hollarda bularni bir-biridan ajratish qiyin. Shu bilan birga maʼlum bir huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Jamiyatning axborotlashuv darajasi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy jihatdan shu qadar jiddiy ahamiyatga ega boʻlmoqdaki, bu nihoyatda murakkab va serqirra jarayonga daxldor muammolarni oʻrganish, tadqiq qilish va tegishli xulosalar chiqarish mutaxassislardan alohida yondashuvlarni talab etadi. Xoʻsh, axborot globallashuvi jadal davom etayotgan hozirgi davr mezonlari bilan oʻtmishga murojaat etish mumkinmi? Deylik, yaqin va olis moziyda hukm surgan saltanatlar, davlatlarda jamiyat boshqaruvida axborot qanday oʻrin tutgan? Taʼbir joiz boʻlsa, axborotlashgan jamiyatning u yoki bu unsurlari amalda qoʻllanganmi? Qoʻllangan boʻlsa, ular qanday mexanizmlar asosida hayotga joriy etilgan? Umuman, hozirgi tushunchamizdagi ijtimoiy kommunikatsiya tarixda qanday koʻrinishlarga ega boʻlgan?

Bugungi ijtimoiy zarurat asrimiz kishilari, jumladan, soha mutaxassislari oldiga shu singari savollarni koʻndalang qoʻymoqda. Zero, hozirgi Markaziy Osiyo hududida hukm surgan turli katta-kichik davlatlarda jamiyatni boshqarishda oʻziga xos tajribalar toʻplangani tabiiy. Qolaversa, hech bir jamiyatni ijtimoiy kommunikatsiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Biz tadqiqot obyekti sifatida tanlab olgan davr chegarasidagi davlatlarda ham ijtimoiy kommunikatsiya mavjud edi. Bugun oʻsha davrlar kommunikatsiya tartibotlarini xalqimiz maʼnaviyatining bir koʻrinishi, zamonaviy axborotlashgan jamiyatning oʻziga xos ildizlari sifatida oʻrganish dolzarb vazifa sanaladi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-07

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521