SPUJMAY ZARYOB HIKOYALARIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA AYOL KECHINMALARINING BADIIY IFODASI
DOI:
https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-04Muhim iboralar:
realizm, kompozitsiya, sujet, hikoyanavistlik, rang-tasvir.Annotatsiya
Adabiyot har bir xalqning ma’naviy yuksalish darajasini ko‘rsatuvchi mezon bo‘lib, uning boshidan kechirgan ma’naviy-ma’rifiy tajribalarining ifodasidir. Ma’lumki, o‘zida juda katta ijtimoiy kuchni mujassamlashtirgan badiiy adabiyot inson ongining o‘sishiga va tafakkur doirasining kengayishiga, estetik didning shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Afg‘oniston dariyzabon adabiyoti rivojida nasrchilik yo‘nalishidagi hikoya janrining rivojlanishi, Spujmay Zaryob ijodidagi hikoyalarda oilaviy munosabatlar va unda ayolning o‘rni, hikoyalarning sujeti va kompozitsiya tuzilishi afg‘on realistik hikoyalaridagi o‘xshash jihatlar tahlil qilingan. Mazkur maqolada Afg‘oniston dariyzabon adabiyotida hikoya janrining shakllanishi, unda XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran ushbu adabiyotning nasriy janrlari, jumladan, hikoyachilikda jiddiy rivojlanishida Spujmay Zaryob hikoyalarida jamiyat muammolarini haqqoniy ko‘rsatib berish va undagi yorqin, keng ko‘lamli qiyofalar, qahramonlar obrazini yaratishda, turli janriy shakllar va badiiy uslublardan foydalanish, izlanishlar kuzatiladi. Zamonaviy dariyzabon adabiyoti jamiyatdagi ayrim muammolarni, tartibsizliklarni, tengsizlik va zo‘ravonlik dunyosini badiiy tasvirlashda muvaffaqiyat qozongan. Spujmay Zaryob asarlarida jamiyat hayotining turli ijobiy va murakkab ko‘rinishlari, ayol kishining qanchalar mustahkam iroda sohibasi ekanligi, oilasi va farzandlari uchun har qanday ishni qilishga tayyorligi tahlilda ochib berilgan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Nargiza Kabirova

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...