+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

HALDUN TANER DRAMALARINING USLUBIY OʻZIGA XOSLIGI

muallif

  • Mehriniso Kayumova

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-02

Muhim iboralar:

turk dramaturgiyasi, Haldun Taner, uslub, drama, kabare teatri, konflikt.

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy turk dramaturgiyasining yirik namoyandasi Haldun Taner dramalarining uslubiy oʻziga xosligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. “Günün Adamı” (“Bugunning odami”, 1957), “Dışardakiler” (“Tashqaridagilar”, 1957), “Ve De­ğir­men Dönerdi” (“Tegirmon hamon aylanar edi”, 1958), “Fazilet Eczanesi” (“Fazilat do­ri­xo­nasi”, 1960), “Lütfen Dokunmayın” (“Iltimos, tegmang”, 1961) singari dramatik asarlari tad­qiq qilingan. Shuningdek, Haldun Taner xarakterlararo konfliktlar vositasida oʻz davri­ning bir-biriga qarama-qarshi odamlar hayotini dramalari sujetida aks ettirganligi, oʻsha davr nuqtayi nazaridan shiddat bilan kechayotgan ichki kurashlar va ziddiyatlar dramaturg asarlari uchun asos boʻlganligi ochib berilgan. Bertold Brext singari Taner ham dramalarida “epik teatr”ning asosiy belgisi boʻlgan voqeadan “chekinish” va unga yangicha koʻz bilan qa­rash, “xoli oʻqish” (yuqtirish) qoidasiga ilk asarlaridanoq amal qiladi. Bu Taner dra­ma­tur­giyasining oʻziga xosligi, tomoshabinni fikrlash, tahlil etish, hukm chiqarishga daʼvat etish talabi bilan belgi­langan edi. Tanerning dramaturgiyadagi yutugʻi shundaki, u epik drama qoidalariga amal qilgan holda dramalarini milliy, xalqqa tanish va yaqin boʻlgan teatr anʼa­nalari bilan boyitib, tomoshabin eʼtiboriga havola qilganligida edi. Dramaturg Brext anʼana­larini, xususan, kabare teatrini turk dramaturgiyasiga olib kirar ekan, uning maqsadi Yevro­pa yoki boshqa bir millat madaniyatiga taqlid qilish emas, balki dramaturgiyaning dunyodagi zamonaviy ilgʻor uslub­larini turk milliy teatrini rivojlantirishda qoʻllash va tatbiq etishdan iborat edi.

Maqolada uning epik pyesalari va kabare uchun yozilgan dramalari siyosiy va ayni paytda falsafiy teran pyesalardan iboratligi tadqiq qilingan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-31

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521