+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ALISHER NAVOIY “XAMSA”SINING XIX ASRDA KITOBAT QILINGAN BA’ZI QO‘LYOZMA NUSXALARI

muallif

  • Hilola Shokirova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-10

Muhim iboralar:

“Xamsa”, qo‘lyozma, inventar raqam, fond, nusxa, qisqa tavsif, to‘liq tavsif, kotib, sahhof, doston.

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyining qo‘lyozmalar katalogi, qo‘lyozmalar saqlanadigan muzyenining fonddagi Alisher Navoiyga tegishli qo‘lyozma va toshbosma asarlarning umumiy soni va ular orasidan XIX asrga oid “Xamsa” dostonlari jamlangan qo‘lyozma nusxalar soni haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tilgan. Ushbu qo‘lyozmalarni o‘rganishning dolzarbligi ham berib o‘tilgan. Muzey fondidagi XIX asrga tegishli o‘n bir qo‘lyozma ajratib olinganligi va ulardan yettita qo‘lyozmaning to‘liq tavsifi, ba’zi kamchiliklari va bundan tashqari, o‘ziga xos xususiyatlari haqida o‘qishingiz mumkin. Ba’zi o‘rinlarda qo‘lyozmaning rasmi ham keltiriladi. Maqolada to‘liq tavsifi keltirilgan qo‘lyozmalar orasida “Xamsa” dostonlarining ikkita “Farhod va Shirin” va “Sab’ai  sayyor” dostonlari kiritilgan hamda eng nodir qo‘lyozmalardan biri bo‘lgan miniaturali “Xamsa”ning to‘rtta dostonlari kiritilgan, ya’ni “Hayrat ul-abror” dostoni kiritilmagan nusxalari ham bor. Miniaturali qo‘lyozmaning tavsifini yoritishda jadvallardan ham foydalanilgan. Bundan tashqari, “Xamsa” ning to‘liq dostonlari kiritilgan nusxalardan uchta va bitta kulliyot to‘liq tavsif qilingan. XIX asrga tegishli Alisher Navoiyning “Xamsa” qo‘lyozmalarini qolgan beshtasi muzey fondining qo‘lyozmalar katalogidan foydalangan holda qisqisqacha tavsifi berilgan.

Maqoladagi inventar raqami 151, 224/II bo‘lgan qo‘lyozma nusxalarining boshlangan va tugagan oxirgi baytlari ham ishimizda yozilgan. Tadqiqotimizda ular arab xatida berilgan. Qo‘lyozmalarning orasida bir nechta nusxalarida dostonlarning tartibi, ko‘chirilish jarayonida o‘zgargan, biz ham tavsif berishda xuddi qo‘lyozmadagi tartibni saqlab qolishga harakat qildik.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-30

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521