+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

“A.QAHHOR HIKOYALARINING KOREYSCHA TARJIMASIDA KIYIM-KECHAK NOMLARINING BERILISHI XUSUSIDA”

muallif

  • Dilrabo To‘raqulova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-09

Muhim iboralar:

milliy xos so‘z, realiya, transletiratsiya, transkripsiya, milliylik, tarjima, tarjima muammosi, muqobil, badiiy tarjima, milliy kolorit.

Annotatsiya

Ushbu maqolada tarjima jarayonida milliy koloritni saqlab qolishning muhimligi va milliy xos so‘zlarning tarjima qilish usullari va muammolari haqida so‘z boradi. Muqobilsiz leksikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaydi. “Muqobilsiz leksika” termini ilmiy muomalaga tadqiqotchilar Y.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlar tomonidan kiritilgan. Ular mazkur terminni quyidagicha izohlashgan: “Muqobilsiz leksika boshqa madaniyat va tilda mavjud bo‘lmagan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar, ya’ni faqat muayyan madaniyatgagina xos bo‘lgan madaniyat unsurlari, shuningdek, boshqa tilda tarjimasi bo‘lmagan, bir so‘z bilan aytganda, o‘zi taalluqli bo‘lgan tildan tashqarida muqobili bo‘lmagan so‘zlardir”.L. S. Barxudarovning yozishicha: “Muqobilsiz leksika - bir tildagi leksik birliklarning boshqa tilda to‘liq yoki qisman muqobiliga ega bo‘lmasligidir”. U muqobilsiz leksikaga quyidagi uchta guruhdagi leksik birliklarni kiritadi:

“1.Atoqli otlar - geografik joy nomlari, tashkilot, korxona, gazeta va h.k. nomlar.

  1. Realiya - boshqa tilda so‘zlashuvchilarning amaliy tajribalarida mavjud bo‘lmagan predmetlar, tushunchalar va vaziyatlarni ifodalovchi so‘zlar. Masalan: moddiy va ma‘naviy madaniyatdagi milliy taom nomlari, milliy libos nomlari va h.k.

3.Tasodifiy lakunalar – biron bir tildagi leksik birliklarning qandaydir sabablarga ko‘ra boshqa tilning leksik tarkibiga mos kelmasligi.”

Maqolada har bir usulni A. Qahhor qalamiga mansub hikoyalarining koreys tiliga tarjimasidan keltirilgan misollar orqali yoritib beradi hamda tahlilga tortiladi. Tahlil jarayonida milliy liboslarimiz hisoblangan do‘ppi, to‘n, kovush, salla kabilarning tarjimasi xususida to‘xtaldik. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar yildan yilga yaxshilanmoqda. Bu o‘z navbatida ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi lingvomadaniy munosabatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Adabiy asarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri koreys va o‘zbek tillariga tarjima qilinmoqda. Afsuski tarjima jarayonidagi bir qancha muammolar haligacha hal qilinmagan. Ana shu muammolardan biri bu, realiyalarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish yo‘llaridir. Maqolada, koreys tiliga tarjima qilingan o‘zbek hikoyalarida uchragan, kiyimlar nomlari tarjimasi muammosi xususida so‘z boradi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-30

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521