O‘RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARINING BADIIY ADABIY MEROSI ABU BAKR AL-XORAZMIY VA IBN SINO ASARLARI MISOLIDA.
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-04-01Muhim iboralar:
badiiy meros, arab-musulmon tamadduni, arabnavis adabiyot, Sharq musulmon renessansi, madaniy yuksalish, Mavarounnahr, jahon adabiyoti.Annotatsiya
X-XII asrlarda Markaziy Osiyoning Mavarounnahr oʻlkasida arab tilidagi adabiy ijodning yuksalishi kuzatildi.Jahon qoʻlyozma fondlarida, jumladan respublikamizning maʼnaviy xazinalarida arab tilida bitilgan minglab qoʻlyozmalar saqlanib kelinmoqda. Ular sharqshunoslar tomonidan saralab oʻrganilmoqda, ammo, maʼnaviy – madaniy merosimiz boyligini badiiy ijodda ifodalagan, lekin hali oʻrganilmagan qoʻlyozmalar soni juda koʻp. Mintaqamizda rivojlangan boy arabiynavis adabiyot musulmon olamida roʻy bergan Sharq musulmon Renessansining birinchi bosqichiga zamin yaratdi va xalqlarning maʼnaviy, ijtimoiy fikri rivojiga katta hissa qoʻshdi. Allomalar Abu Bakr Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariy oʻz faoliyatida ilmiy va adabiy ijodni birga olib bordilar, ikkala sohada ham betakror asarlar yaratdilar. Ulardan qolgan adabiy badiiy meros nafaqat arab–musulmon tamadduni uchun ahamiyatlidir, balki maʼnaviy–estetik didni charxlashda jahon adabiyoti miqyosida munosib oʻrin egalladi. Ushbu maʼnaviy-estetik qadriyatlarni xalqimizga yetkazish uchun allomalarimizning arab tilida yozilgan mazkur asarlarini tarjima qilib tadqiq etish oʻzbek sharqshunoslari zimmasiga yuklangan nufuzli va masʼuliyatli burchdir.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Ra'no Xo'jaeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...