LIN BAY (林白) IJODIDA “ AVANGARD ADABIYOTI”NING AKS ETISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-07Muhim iboralar:
Xitoy, Lin Bay, avangard adabiyot, islohotlar , ayollar adabiyoti.Annotatsiya
Mazkur maqola Xitoyda 70-yillarning oxiri – 80-yillarning boshlari xitoy adabiyoti modernizm tamoyillari shakllana boshlanganligi xaqidadir. Bu o‘zgarish, eng avvalo, sheʼriyatda yaqqol ko‘zga tashlandi. Аdabiyotshunos olimlar bu davrda zamonaviy jamiyat taraqqiyotini tafakkur qilish va baholash bilan bog‘liq his tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan “tumanli sheʼrlar” oqimining keng rivoj topganini va uning ildizlari zamonaviy xitoy simvolizmiga borib taqalashini eʼtirof etadilar. Bu yo‘nalish XXRda nasrni ham o‘ziga ergashtirgan modernizmning ilk debochasi hisoblanadi. Keyinchalik 1985 yilga kelib modernizm yo‘nalish juda keng tarqaldi hamda 80-yillarning oxiriga borib o‘z rivojining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. 1990-yillardan esa Xitoyga g‘arb madaniyati, qadriyatlari va adabiy usullarning faol kirib kelgan bir davr bo‘ldi. Xitoy olib borgan ochiqlik siyosati ijobiy taʼsir bilan birga sezilarli ravishda chiqim qilinishiga olib keldi. Madaniyat va adabiyotni tijoratlashuvi holati kuzatiladi. Baʼzi yozuvchilar moddiy manfaat tufayli isteʼmolchilar talabiga moslasha boshladilar. Bu esa o‘z navbatida badiiy asarlarning sifatiga taʼsir o‘tkazmasdan qolmadi, albatta. Badiiy qimmatga ega bo‘lmagan ko‘plab ishqiy romanlar, intim sahnalarga boy hikoyalar dunyoga keldi. “Ommaviy madaniyat” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishda yaratilgan romanlar mafkura bilan chambarchas bog‘langan o‘tgan davr romanlaridan keskin farq qiladi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Shukriya Nazirova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...