ALISHER NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” VA SA’DIY SHEROZIYNING “BO‘STON” DOSTONIDAGI دست DAST “QO‘L” SOMATIZMI SEMANTIKASINING QIYOSIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-06Muhim iboralar:
Alisher Navoiy, “Farhod va Shirin”, Sa’diy Sheroziy, “Bo‘ston”, somatizm, qiyosiy tahlil, دست dast, semantika.Annotatsiya
Qadim zamonlardan beri ko‘plab tillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu til taraqqiyotiga hissa qo‘shib, mashhur shoirlar ijodida ifodalanadi. Fors va turkiy tillari haqida ham shunday deyish mumkin. So‘zlar bir-biridan o‘zlashtirilgan va yangi ma’nolarga hosil bo‘lgan. Bu jarayon o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan shoir va yozuvchilar asarlarida ko‘p kuzatiladi. Turkiy tilda yuksak mahorat bilan asarlar yozgan Alisher Navoiy, fors va arab tillarini mukammal bilgan va o‘z asarlarida fors hamda arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlardan, shu jumladan somatizmlardan oqilona foydalangan. Avvalgi tadqiqotlarimizda Sa’diy Sheroziyning XIII asrda yozilgan va fors tilida fenomenal asar bo‘lgan “Bo‘ston” asarida somatizmlarning qo‘llanishini kuzatgan edik. Shuningdek, yangi tadqiqotlarda ba’zi forsiy somatizmlarning Alisher Navoiy dostonlarida qo‘llanilishini aniqladik. Bunday somatizmlardan biri kontekstda turli ma’nolarda qo‘llangan دست dast “qo‘l”dir. Ushbu tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad Sa’diy Sheroziyning “Bo‘ston” va Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asarlaridagi دست dast somatizmini aniqlash va semantikasini qiyoslashdan iborat.
Tadqiqot natijasida دست dast somatizmining bir qancha ma’nolarga ega ekanligi va har ikki adib asarlarida qo‘llanish chastotasini o‘rgandik. Ushbu maqolada yuqorida zikr qilingan somatizm fors tilidagi “Bo‘ston” asari asosida va Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” nomli turkiy dostonda qo‘llanishi asosida semantik tahlil qilindi va ularning kontekstdagi ma’nolari, qo‘llanish chastotasi ochib berildi. Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, har ikki adib ham o‘z asarlarida دست dast somatizm mohirona qo‘llaganlar hamda uning fors va turkiy tillarda boshqa ma’nolarni ham bera olishini ko‘rsatganlar.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Aziza Nishanbayeva, Feruzaxon Tojixujayeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...