HOZIRGI ADABIY HINDIY TILIDAGI SOMATIK OTLARGA XOS LEKSEMALARDA OMONIMIYA HODISASI
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-04Muhim iboralar:
hind-yevropa tillari oilasi, somatik otlar, tadbhava, tatsama, videshiy so’zlar, omonim so’zlar, tabiiy somatizmlar, an'anaviy somatizmlar.Annotatsiya
Maqola kirish, maqsad va vazifalar, usul, natija va xulosadan iborat. Kirish qismida omonimiya hodisasiga to’xtalib o’tilgan hamda somatik otlarga keng ta’rif berilgan. Mazkur maqolada somatik otlar haqida turli xil olimlarning qarashlari o’rganildi va somatik lug’atlar olimlar tomonidan qachon tuzila boshlangani haqida ma’lumotlar keltirildi. Olimlarning nazariy qarashlari asosida hindiy tilida bir necha somatik otlar misol qilib olindi. Somatik otlar haqida bir necha xorijlik olimlar fikri bir-biri bilan solishtirildi. Ba’zi olimlar somatik otlarni turlarga bo’lib, misollar bilan asoslab berganlar. Yuqoridagi olimlarning fikri keltirilgandan so’ng, hindiy tilida somatik otlar o’ziga xos ifodalanish shakliga ta’rif berildi. Hindiy tilidagi somatik otlarga xos leksemalar o’z ma’nosidan tashqari boshqa ma’no xususiyatlariga ega ekanligi, ya’ni ularda ham omonimiya hodisasi mavjud ekanligi tadqiq etilgan. Tahlilga tortilgan barcha misollar semantik jihatdan turli xil guruhlarga bo’lib o’rganilgan va ularning o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatib berilgan. Shu bilan bir qatorda somatik otlarga xos omonim so’zlar etimologik jihatdan: tadbhava, tatsama va videshiy guruhlarga bo’lib o’rganildi. Somatik otlarga xos omonim so’zlarni etimologik tahlil qilinib, ular orasidagi eng mahsuldor guruh tadbhava guruhi deb topildi va statistik tahlil amalga oshirildi. Maqolani yozish jarayonida tashqi tana a’zolari tahlil uchun tanlab olindi va shu sababli ularning soni ko’pchilikni tashkil etmadi. Sababi somatik otlarning barchasi ham omonimlik xususiyatiga ega emas. Omonimlik xususiyatiga ega somatik otlarning boshqa semantik ma’nolari ham keltirib o’tildi. Somatik otlarning o’z ma’nosidan tashqari boshqa ma’nolari ham nutq jarayonida va badiiy adabiyotlarda ko’p qo’llanilishi aniqlandi va somatizmlarning boshqa ma’nolarida ba’zan metafora hodisasi kuzatildi. Somatik otlarning boshqa ma’nolaridan foydalanish uchun tadqiqotchidan chuqur bilim talab etiladi. Ushbu maqolani yozishda bir necha tilshunoslik lug’atlaridan foydalanildi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Zubayda Nurmatova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...