HINDIY TILI ANTROPONIMLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-03Muhim iboralar:
tilshunoslik, hindiy tili, antroponim, onomastika, antroponimika, shaxsiy ism, familiya, taxallus, hinduizm.Annotatsiya
Maqolamizning mavzusi – hindiy tili antroponimlari bo‘lib, bu mavzu o‘zbek hindshunosligida birinchi marta yoritilyapti. Insonlarga berilgan shaxs ismlari har bir tilda oʻziga xos ismlarning katta guruhini tashkil qiladi. Tilshunoslikda kishilarning nomlari antroponimlar deyiladi. Hind antroponimlari shaxs nomi, taxallusi, laqabini ifodalaydi va hind xalqining asrlar davomida shakllangan madaniy-ma’naviy merosi, an’anaviy urf-odatlarining namunasidir. Tadqiqot mavzusining maqsadi hind tilining antroponimlarini tahlil qilish, uning boshqa tillarning onomastik tizimlariga xos bo‘lmagan xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Har bir tildagi o‘ziga xos ismlarning katta guruhi kishilarga berilgan shaxsiy nomlardir. Har qanday tilning lug’aviy tarkibi xalqning ma’naviy madaniyati, ijtimoiy munosabatlari, an’analari, turmushi, urf-odatlari ism-shariflarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar majmuasidan iborat. Onomastikada, xususan, antroponimikada bu majmua eng yaqqol namoyon bo‘ladi: o‘ziga xos nomlar inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular barcha tabiiy-biologik, ijtimoiy-tarixiy, madaniy, ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy boshqaruvchi rolini o‘ynaydi. To‘g’ri ismlar lug’aviy zaxiramizning alohida qismi bo‘lib, nafaqat lisoniy ma’lumotlar yig’indisini, balki ekstralingvistik jarayon va ob’yektni ham aks ettiradi. Ekstralingvistik hodisalar onomastik tadqiqotlarning o‘ziga xosligi va ustuvorligini tashkil qiladi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Oyjamol Yunusova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...