ARAB TILINING DUNYO MIQYOSIDA O’RGANILISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547./os/vol-02-03-02Muhim iboralar:
maqolaning asosiy mazmunini ifodalab, asosan, sohaga doir muhim tushunchalardan tashkil topgan boʻlishi lozim.Annotatsiya
Quyida keltirilgan maqolada arab tilining dunyo miqyosida qay darajada qabul qilinishi bilan birgalikda mazkur tilda yozilgan va asrlardan buyon omma e'tiboridan tushmay kelayotgan asarlar haqida gap ketadi. Asarlar roʻyxati asosan hududga qarab taqsimlab chiqilgan va bundan siz keltirib oʻtilgan hududlarda arab tilining qanday darajada tarqalganligini bilib olishingiz mumkun. Maqolada yana hozirgi kunda va oʻtgan asrlarda tarjima qilingan asarlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Yana maqola soʻngida hozirgi kunda eng koʻp tarjima qilinayotgan 10 dan ortiq arab tilidagi asarlar roʻyxati va ularda yozilgan voqealar haqida qisqacha ma'lumot berilgan. Hozirgi zamonaviy arab tili dunyo miqyosida 22 ta davlatda asosiy "davlat" tili darajasida hisoblanadi. U ilm-fan, adabiyot, siyosiy, iqtisodiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun asosiy til vazifasiga ega. Har yili 18- dekabr xalqaro arab tili kuni sifatida dunyo boʻylab keng nishonlanadi. Zamonaviy arab tili xar hil arab davlatlarida yashovchi aholi uchun asosiy muloqot va oʻzaro yaqinlashish vositasidir. Mustaqil Oʻzbekistonda ham hozirgi kunda arab tiliga boʻlgan e'tibor yuqori boʻlib bunga arab mamlakatlari bilan olib borilayotgan turli xil siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy mavzulardag ishlar bu tilning yurtimizda ham keng tarqalishiga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning 30 foizi arab tilida boʻlgan, koʻpchiligi oʻzbek va rus tillariga tarjima qilingan. Ammo tarjima qilinmagan qoʻlyozmalar ham anchaginani tashkil etadi. Shu boisdan yurtimizda arab tilini biluvchi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Jahondagi 15 yirik tilning BMT majlislarida olib boriladigan 6 tili bu arab tili hisoblanadi. Arab tiliga boʻlgan qiziqishlarning yuqoriligi ayrim hollarda bu tilda uchrovchi yuksak falsafiy va sharqona qarashlarga boyligi bilan ham izohlanadi. Olimlar bu tilda berilgan qadimiy xalqlar hayotiga xos boʻlgan maʼnaviy va madaniy maʼlumotlarni yillar davomida turli xil usullar orqali kashf etib kelishmoqda.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Dilshoda Mubarakova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...