XITOYDA TRANSPORT SOHASINING TURKUMLANISHI VA UNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-21Muhim iboralar:
Xitoy Xalq Respublikasi, transport, savdo munosabatlari, aholi, xavfsizlik.Annotatsiya
Maqolada transport sohasining turkumlanishi va uning iqtisodiyotdagi o‘rni va bu sohada Xitoy Xalq Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda unung o‘ziga xosliklari tahlil qilingan. Aynan transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha bugungi kunda iqtisodiyoti tobora jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan Xitoyda ushbu soha mutanosib ravishda rivojlanib bormoqda. Chunki, bizga yaxshi ma’lumki, Xitoy dunyoda aholisining soni jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda ushbu aholisining son jihatlari, bir tomondan, iqtisodiy rivojlanishining bir asosi bo‘lib qaraladigan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu aholini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ta'minlash hukumat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Dеmak, so‘nggi 50 yil ichida yildan yilga yuqori tеzlikda o‘sib kеlgan Xitoy aholisini nafaqat oziq-ovqat bilan ta'minlashlarni, ish o‘rinlarni yaratib bеrish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga himoya tizimlarini yaratib bеrish, shu bilan birga, bir milliarddan ortiq aholini kundalik transportlarda harakatlanishini ta'minlash kabi dolzarb vazifa ham mavjud bo‘lgan. Albatta, bugungi kunga kеlib Xitoyda boshqa rivojlangan davlatlar singari transportning barcha turlari mavjud va ushbu transport vositalaridan kundalik foydalanish, transport vositalarining tеxnologik nuqtayi nazaridan rivojlanganlik darajasi, unda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari aksariyat rivojlangan davlatlardan ham ilgarilab kеtilgan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Mirabbos Mirg'iyosov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...