TASHQI SIYOSATDA “RAQAMLI DIPLOMATIYA” FENOMENI VA UNI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-18Muhim iboralar:
raqamli diplomatiya, xalqaro munosabatlar, texnologik innovatsiya, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, “Katta ma’lumotlar”.Annotatsiya
Maqolada raqamli diplomatiyaning rivojlanishi davlat tashqi siyosatining ajralmas va muhim qismi sifatida bayon etiladi. Taraqqiyotning bugungi zamonaviy bosqichida davlat tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirishda raqamli diplomatiyaning roli tobora oshib borayotganligiga doir fikrlar ilgari surilgan. Xususan, davlatning tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirish, shu jumladan, tashqi siyosiy faoliyatini axborot bilan samarali taʼminlash hamda ijobiy imijini mustahkamlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Dunyoning deyarli barcha mintaqalarini qamrab olgan axborotlashtirish jarayonlari xalqaro siyosat, shu jumladan, zamonaviy diplomatiya masalalariga metodologik yondashuvlarni yanada kengaytirishni hamda doimiy ravishda oʻzgarib borayotgan xalqaro sharoitda tashqi siyosiy vositalarni modellashtirib borishni taqozo etmoqda. Maqolada raqamli diplomatiya konsepsiyasini oʻrganishga doir ilmiy yondashuvlar boʻyicha tadqiqot natijalari bayon etilgan. Raqamli diplomatiya tahlil qilishning maxsus usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Muallif ularning eng keng tarqalgan va ommabop ko‘rinishlari sirasiga xeshteg tahlili (hashtag tracking), tarmoq tahlili (network analysis), matn ohangi tahlili (sentiment analysis), fikr va qarashlar tahlili (opinion mining) kabilarni kiritadi. Muallifning ta’kidlashicha, raqamli diplomatiyani tadqiq etishda qo‘l keluvchi xalqaro munosabatlar nazariyalari – realizm va konstruktivizmdan foydalanish masalasi alohida eʼtiborga loyiq. Maqolada ta’kidlanishicha, yaqin istiqbolda sunʼiy intellekt maʼlumotlarni tahlil qilishning tilga olingan usullari va ularning xalqaro munosabatlarni raqamlashtirishni masalalarini o‘rganishda qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada oshirishiga xizmat qiladi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Sherzod Arapov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...