XITOY XALQ RESPUBLIKASI: FAN-TEXNIKA YUKSALISHI TARAQQIYOT OMILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-15Muhim iboralar:
ochiq hududlar, aholi, milliy daromad, energetika, janub, shimol, fan - texnika, qadam, rivojlanish, strategiya, model, innovatsiya, islohot, elektronika, korxona, fundamental, oʻzlashtirish, dasturlar.Annotatsiya
1978-yildan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy burhondan chiqish uchun “Ochiq eshiklar siyosati”ga oʻtdi. Mamlakatda xalqni oʻn yillar davomida iskanjada tutib kelgan turli puch shiorlarga barham berildi. Uning aksi oʻlaroq, jamiyatni yuksaltirishning toʻrtta modernizatsiyasi qabul qilindi. Bular: xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 1) qishloq xoʻjaligi; 2) ogʻir sanoat; 3) harbiy sanoat; 4) fan-texnika sohasi. Shu maʼnoda maqolada XXRning oʻtgan yillar islohotlar sabab modernizatsiyaning fan - texnika bilan bogʻliq jabhalarini oʻrganishga ahamiyat qaratildi. Oʻrganishlar asnosida XXRning dengiz boʻyida tashkil etilgan “ochiq iqtisodiy zonalar” va qishloq xoʻjaligini islohot etishdagi ilmiy yondashuvlar, chet el sarmoyalarining sohalarga toʻgʻri yoʻnaltirilganligi, oxir-oqibat fan-texnikani isloh etish jarayonida ishlab chiqilgan dastur va loyihalar bugunga kelib oʻz samarasini berayotganligini asosladi.
Maqola maqsadi Xitoy islohotlar iqtisodiy zonalarning oʻziga xosligi, fan-texnika strategiyasi, harbiy sanoat sohasini rivojlantirish jihatlarini oʻragnishdan iborat. Obyekti XXRda “ochiq eshiklar siyosati” fan – texnikaning bilan bogʻliq yutuqlarini tahlili qilib belgilandi.
Maqolani yozishda emperik materiallar, kuzatuv, qiyoslash, kontent va elektron resurslarda eʼlon qilingan ilmiy maqolalar, Xitoy fan-texnikasiga oid chop etilgan loyiha va dasturlar metodologik asos qilib olindi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Shoazim Shazamanov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...