“BIR QIZGA MING OSHIQ” ROMANIDAGI AYOL VA ERKAKLAR NUTQINING O‘ZIGA XOSLIKLARI HAMDA UNING TARJIMADA BERILISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-10Muhim iboralar:
Krishan Chandar, Bir qizga ming oshiq, tarjima, gender, nutqAnnotatsiya
Badiiy asarlarda personaj nutqini o‘rganish azaldan fanning muammoli masalalaridan bo‘lib kelgan. Bu borada fanda, xususan, o‘zbek va rus tarjimashunosligida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan, yirik ilmiy asarlar yaratilgan. Tarjimada yo‘l qo‘yilgan ayrim xato va noaniqliklarning yo‘qligi tarjima sifatining yuksakligidan dalolat bera olmaganidek, ularning mavjudligi ham tarjimaning sifatsiz, talabga javob bera olmaydigan ekanini bildirmaydi. Biron tarjimani tadqiq etmoqchi bo‘lgan tadqiqotchining diqqat markazida tarjimada originalga xos bo‘lgan ta’sir kuchi, originalning g‘oyaviy va badiiy qimmati to‘la saqlanganmi yoki yo‘qmi degan masala turishi kerak. Mazkur maqola Hind adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Krishan Chandarning “Bir qizga ming oshiq” romanidagi ayol va erkaklar nutqining o‘ziga xosliklari va uning tarjimada berilishini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Inson nafaqat hududiy va ijtimoiy variantlardan, balki erkak va ayolga xos variantlardan tarkib topganligi bilan o‘ziga xos. Ba’zi tillarda erkak va ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Gender tadqiqotlarining asosiy davri o‘tgan asrning 1980-yillari oxiri va 1990-yillarning boshlari edi. O‘sha davrda bu tadqiqotlar jadal tus oldi, natijada gender tilshunosligi tilshunoslikning mustaqil tarmog‘i sifatida vujudga keldi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Gulnoza Nazrullayeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...