VATAN KONSEPTINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-09Muhim iboralar:
vatan, maqol va matallar, iboralar, lingvistik tahlil.boʻlishi lozim.Annotatsiya
Maqolada ingliz maqollarida vatan tushunchasini ifodalashda aloqador birliklarning rolini o‘rganish hamda ingliz tilidagi maqollarning lingvistikadagi o‘rnini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Har bir xalqning o‘ziga xos an'analari bor. Bu qadriyatlar yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Har bir xalqning bunday qadriyatlari ularning maqol va matallarida ifodasini topgan. Maqollarni lingvomadaniy jihatdan tahlil qilish hamon dolzarb masala bo‘lib kelayotganiga urg‘u qaratildi. Tarixiy maqollarni tilshunoslik va madaniyatshunoslikning uzviy bog‘liqligi asosida tadqiq qilishni asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. "Vatan" konsepti ingliz maqollarida aynan o‘z ma’nosida foydalanilishi kam, lekin nisbatan oqilona usulda, ya'ni, "uy" ma'nosini bildiruvchi so‘zlar bilan ifoda etilishi alohida o‘rganildi. Inglizlar "uy" deganda "vatan" ni anglaganlari hamda olamni markazi uy, oila deb bilganlari tufayli, ushbu qadriyatlari maqollarida ham o‘z aksini topganligi ko‘rsatildi. Ushbu mazmundagi maqollar "home" va "house" so‘zlari ishtirok etgan maqollar misollari bilan keng tadqiq etildi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi "vatan" konseptini ingliz tilidagi "country" so‘ziga tarjima qilingani, ushbu so‘z ingliz tilida "birthplace ", "country of origin ", "home", "native soil" kabi sinonimlarga boyligi ochib berildi. Ingliz tilida vatan mavzusiga bag‘ishlangan 37 ta maqol tahlil qilindi. Inglizlarning dunyoqarashini va vatan haqidagi o‘y-fikrlarini aks ettiruvchi barcha maqollar inglizlarga xos bo‘lgan bir qancha semantik guruhlarga ajratildi. Ularni o‘z navbatida o‘xshash, bir-biriga yaqin ma'noga ega va muolifot obyektlariga muvofiq bir qancha kichik guruhlarga ajratildi.
Xususan, vatanga muhabbatni aks ettiruvchi, vatanni himoya qilish, vatanga xizmat qilish, vatan sog‘inchi hamda vatan bilan faxrlanish kabi va boshqa ma'noni anglatuvchi kichik guruhlardir.
Barcha tillardagi maqollarni tahlil qilganda, shuni ko‘rish mumkinki, ingliz, rus, ozarbayjon yoki o‘zbek tilida bo‘lsin inson o‘z ona yurtiga muhabbat, uni asrab-avaylash, begona yurtda o‘z vatanini sog'inish hamda vatan so‘zini o‘z vatani bilan bog'lab his qilishi kabi xulosalar keltirildi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Adiba Fayziyeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...