“ANOR” HIKOYASI TURK VA RUS TILLARIDA
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-04Muhim iboralar:
roman, qissa, hikoya, badiiy so‘z, maqol, ibora, badiiy tar-jima, qardosh tillar.Annotatsiya
Atoqli o‘zbek adibi, badiiy so‘z ustasi Abdulla Qahhor qalamiga mansub roman, qissa va hikoyalarning turk hamda rus tillariga qilingan tarjimalari tahlil etilgan bir necha maqolalarimiz 2021–2023-yillarda turli jurnal va to‘plamlarda nashr etilgan. Ushbu maqola esa adib asarlari tahlilga tortilgan ilmiy ishlarimizning navbatdagisidir. Unda badiiy so‘z ustasining mashhur “Anor” hikoyasi tarjimalari ko‘rib chiqiladi. Hikoyada qo‘llanilgan maqol, matal va iboralarning tarjimalari tahlil etilib, asliyatga xos xususiyatlarning tarjimonlar tomonidan qay saviyada qayta yarata olingani, erishilgan yutuqlar va ijodiy mehnat jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ochiq-oydin ko‘rsatib beriladi. Qiyosiy tahlil asosida hikoyaning tarjima matnlariga qanchalik mos ekanligi aytilib, ayrim munozarali masalalarga yechimlar izlanadi. Kerakli o‘rinlarda amaliy takliflar ilgari suriladi. Shuningdek, tarjimani amalga oshirishning qulay jihatlari bilan bir qatorda o‘ziga yarasha murakkabliklari borligi, o‘zbek va turk tillarining bir til guruhiga mansubligiga qaramay, ko‘pchilik birliklarning kelib chiqish nuqtayi nazaridan farqlilik kasb etishi asarlarni o‘girishda ijodkordan o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni talab qilishi zarurligi ta’kidlanadi va, albatta, qardosh tillararo tarjimalarda so‘zma-so‘z o‘girmaning ba’zi o‘rinlarda o‘zini oqlashiga urg‘u beriladi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Xayrulla Hamidov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...