+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

“Habib us-siyar” va “Matla us-saʼdayn” asarlarida diplomatik va elchilik munosabatlarning aks ettirilishi

muallif

  • ISʼHOQOV MIRSODIQ Tarix fanlari doktori, professor, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
  • JUMAYEV GʻAYRATJON magistrant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

sadr, tavochi, koʻkaldosh

Annotatsiya

Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasining Buyuk Sohibqiron Amir Temurdan keyingi qudratli hukmdori Shohruh Mirzo davrida (1377-1447) davlatning tashqi siyosiy hayoti, faoliyati va diplomatik munosabatlar haqida maʼlumotlar mavjud. Shohrux Mirzo Kichik Osiyo, Yaqin Sharq, Misr, Arab va Fors diyori bilan elchilik munosabatlarni juda ham yaxshi yoʻlga qoʻygan va bu diyordagi barcha voqealarni sinchikovlik bilan kuztib borgan hamda bu jarayonlarda oʻzi ham davlati manfaatlari yoʻlida aralashib turgan. Uning davrida mamlakatda savdo-iqtisodiy, madaniy, diniy, harbiy sohalarda yuksalish kuzatildi. Shohruh Mirzoning mintaqada hukmronlikni oʻz qoʻliga olish uchun olib borgan tashqi siyosati va elchilik munosabatlari yoritilgan. Xususan, Shohrux Mirzo tomonidan Ardasher,  Gʻiyosiddin Naqqosh, Muhammad Xoʻshiy, Sulton Ahmadlar boshliq elchilar guruhi Xitoy davlatiga yuborilgani, ular Xitoy hukmdoriga Shohrux Mirzo tomonidan yuborilgan maktublar, sovgʻa-salomlarni olib borgani manbalardan malum. Elchilik xususiyatlaridan biri hisoblangan va alohida ramziy mano ifodalovchi sovgʻalarni hukmdorlar bir-biriga yuborganlar. Masalan, Shohrux Mirzo tomonidan Xitoy hukmdoriga xitoyliklar uchun noyob hisoblangan uchqur aygʻir otlar joʻnatilgan boʻlsa, Xitoy podshohi tomonidan ov lochinlari, qirgʻiy, burgut va shu kabi noyob qushlar yuborilgan.  

Bu davrda yana bir diplomatik munosbatlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan mamlakat bu Misr edi. Manbalarda Misr hukmdori Chaqmoqbekning Shohrux Mirzoga nisbatan etimodi kuchli boʻlgani malumdir. Misr elchisi Chechaktuqo Hirotga kelib, Shohruh Mirzo nomiga yozilgan Chaqmoqbekning maktubini topshiradi. Shohruh Mirzo elchilar sharafiga toʻy-bazmlar uyushtirgan. Misr hukmdori elchilar orqali Mirzo kutubxonasida mavjud boʻlgan quyidagi moʻtabar kitoblarni soʻrattirgan: “Shayx Abu Mansur Moturidiy, Alloma Roziyning “Tafsiri kabir”i, Xoja Masʼud Buxoriy asarining sharhi, Mavlono Aʼlouddinning “Sharhi Kashshof”i va shofeʼiylar mazhabidagi ravzalardir. Bu kitoblar majmuasi humoyun kutubxonasida mavjud boʻlganligi bois xoqoni said buyruq berdiki, har besh kitobni chiroyli xat bilan yozib, jadval tortib, Chichaktuqoga topshirdilar. Chichaktuqo qaytishga ijozat soʻraganda, unga atab qaytadan ziyofat berdi va Sulton Chaqmoq uchun podshohona tabriklar va xusravona hadyalar tayin etilgan.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

Ҳазратқулов.Ж., Бекжонов.И., Хондамир. Ҳабиб ус-сияр фи ахбори афроди башар, Тошкент, Ўзбекистон.2013. 316-бет.

Файзиев.Х, ХВ аср биринчи ярмида Темурийларнинг Кўк ва Оқ Ўрда билан сиёсий алоқаларига доир Тошкент, 2020 1-8-бетлар.

Ўринбоев.А Абдураззоқ Самарқандий, Матла ус-саъдайн Тошкент,Ўзбекистон. 2008, 144-148-бетлар.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-20

Ushbu son

Soha

Maqolalar

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521