+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

Badiiy tarjimada milliylikni aks ettirish muammolari

muallif

  • ZUHRA TURSUNBAYEVA tadqiqotchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

Tarjima, hindiy tili, transliteratsiya

Annotatsiya

Tarjima jarayonida tugʻiladigan eng muhim qiyinchiliklardan biri  original asarning milliy ruhini boshqa muhitga koʻchirishdir.

Milliy xos soʻzlar badiiy asarning tarixiy va milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan hisoblanadi. Bunday soʻzlarni tarjimada aynan oʻzidek talqin qilish asl nusxa milliy xususiyatini oʻzga tilda qayta tiklashdek murakkab muammoning eng masʼuliyatli va mushkul masalalaridan hisoblanadi.

Ushbu maqola milliylikni ifodalovchi realiyalar jumladan, taom nomlari va maishiy turmush tushunchalarini anglatuvchi soʻzlar hamda ulaning hindiy tilida qanday aks etgani haqida. Unda Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” उलूग़बेक की धरोहर va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” बाबूर romanlarining hindiy tilidagi tar­jimasida milliylikni anglatuvchi soʻzlarning berilishi oʻrganildi. Yana alohida eʼtibor mazkur xos soʻzlarning tarjimon tomonidan qanday, qay usullarni qoʻllagan holda tarjima qilganiga qaratilgan va tahlilga tortilgan. Maqolada  kabob, osh, shoʻrva,  patir, toʻqach va  boshqa turli yegulik nomlari shuningdek, maishiy turmush tushunchalarini anglatuvchi koʻrpacha, xontaxta, dasturxon, obrez, qumgʻon,  sandal kabi soʻzlarning tarjimada qanday aks etgani haqida soʻz yuritiladi.

Shuningdek maqolada “Ulugʻbek xazinasi” va “Yulduzli tunlar” asarlarining hindiy tiliga tarjimasida tarjimon koʻproq  qaysi soʻzlardan tarjimaning qaysi usullaridan foydalanganligi haqida batafsil maʼlumot berilib, tarixiy asarlarda  milliy xos  soʻzlar tarjimasida nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida bir qancha olimlarning fikr va mulohazalari ham keltirib oʻtilgan.

Ushbu ilmiy maqola uchun  adabiy manba sifatida  atoqli oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” उलूग़बेक की धरोहर va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” बाबूर asarlari hamda ularning mohir tarjimon  Sudhir Kumar Mathur  tomonidan hind tiliga qilingan tarjimasi tanlab olindi va tahlil qilindi. Tarjima asardagi yutuq va kamchiliklar batafsil keltirib oʻtildi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Тоshkent: Fan, 2005. – B.89. [ Musaev K. Fundamentals of the theory of translation. - Tashkent: Subject, 2005]

Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. – Тоshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. –B.13 (Keyingii iqtiboslarda “Ulug‘bek xazinasi”romani quyidagi qisqartma bilan keltiriladi.[U,X.] [Yakubov O. Ulugbek's treasure. - Tashkent: Publishing house of literature and art "G.Gulom", 1994]

Sudhir Kumar Mathur. Ulug‘bek ki Dharo’hr. Raduga Prakashn. Tashknd. 1983. –B.18 (Keyingii iqtiboslarda ushbu asar quyidagicha keltiriladi. उलूग़ बेक की धरोहर,प १८).

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik 3-jild.– Toshkent: O‘zb.Mil.Ens, 2006. –B.253. [Annotated dictionary of the Uzbek language. 5 volumes. volume 3. – Tashkent: Uzbek Mil.En., 2006]

Qodirov P. Yulduzli tunlar. – Toshkent: Sharq, 2009. – B.11.(Keyingii iqtiboslarda “Yulduzli tunlar”¬romani quyidagi qisqartma bilan keltiriladi.[Y,T.] [Kadyrov P. Starry Nights. - Tashkent: East, 2009.]

Sudhir Kumar Mathur. Babur. Raduga Prakashn. Maskov. 1988. –B.17 (Keyingi iqtiboslarda ushbu asar quyidagicha keltiriladi. बाबूर,प. १५).

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik 2-jild.– Toshkent: O‘zb.Mil.Ens, 2006. –B.29. [Annotated dictionary of the Uzbek language. 5 volumes. volume 2. – Tashkent: Uzbek Mil.En., 2006]

Hindi-russkiy slovar. V dvux tomax, 2-tomВ двух. / А.S Barxudarov, V.М Beskrovniy i dr. Pod red. V.М Beskrovniy. – М.: Sovetskaya ensiklopediya, 1972. – S.250. [ Hindi-Russian dictionary. volume 1. / A.S Barxudarov, V.Beskrovniy et al. Pod red. V.M Beskrovniy. - M .: Soviet encyclopedia, 1972.]

Isoqova Sh. Badiiy tarjima milliylik va tarixiylikning aks ettirilishi. (Oybekning “Navoiy romanining fransuzcha tarjimas imisolida): Filol. fan. nomz. … diss. – T., 2004.– B.88. [Isokova Sh. Literary translation is a reflection of nationality and historicity. (On the example of the French translation of Oybek's novel "Navoi"): Diss. - T., 2004]

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik 4-jild.– Toshkent: O‘zb.Mil.Ens, 2006. –B.438. [Annotated dictionary of the Uzbek language. 5 volumes. volume 4. – Tashkent: Uzbek Mil.En., 2006]

Hamroyev H. Milliy xos so‘zlar-realiyalar va badiiy tarjima. // Tarjima madaniyati. – T., 1982. – B.158. [Khamroev H. Folk words-realities and literary translation. // Translation culture. - T., 1982.]

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-20

Ushbu son

Soha

Maqolalar

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521