Gʻada as-Samman va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida ichki nutqning badiiy voqeʼlanishi
Muhim iboralar:
Badiiy psixologizm, psixologik tahlil, ichki nutqAnnotatsiya
Gʻada asSamman hamda Zulfiya Qurolboy qizi ijodi oʻzining psixologizm va psixologik tahlil mahoratidagi oʻzaro mushtarakligi bilan eʼtiborni tortadi. Psixologizm – Abdulla Qahhor tili bilan aytganda “Yozuvchi mahoratining muhim jihatidir”. Bunda yozuvchi qahramon ichki dunyosini, psixologiyasini oʻz uslubi orqali ochib beradi. Unda yozuvchi ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, gallyutsinatsiya, tush kabi psixologik tasvir vositalaridan foydalanib, qahramon ichki olamini ochib beradi. Bunda yozuvchi qahramon tashqi dunyoga faqatgina ichki dunyosini yoritib berish uchungina murojaat qiladi.
Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidida ayrim xollarda “psixologizm” va “psixologik tahlil” terminlari farqlanmay ishlatiladi. Ammo bu ikki terminni bir maʼnoda qoʻllash nooʻrindir. Psixologizm “psixologik tahlil” tushunchasiga nisbatan keng boʻlib, u oʻzida bevosita avtorning psixologiyasini qamrab oladi. U adabiyotning oʻziga xos qonuniy hodisasi boʻlib, yozuvchining xohishiga bogʻliq boʻlmagan holda namoyon boʻladi. “Psixologik tahlil” esa, inson psixikasi jarayonlarini, uning fikr va hissiyotidagi turlituman “ohang”lar rivojini aks ettiruvchi, qahramon ruhiy dunyosini analitik prinsipda ochuvchi estetik kategoriyadir. Shuningdek, psixologizmga nisbatan psixologik tahlil oʻzining ichki monolog, oʻziniki boʻlmagan nutq, psixologik portret, ikki syujetli dialog kabi aniq belgilariga ega. Shunday qilib, psixologizm adabiyotning qonuniy badiiy hodisasi, psixologik tahlil esa ana shu qonuniy badiiy hodisaning murakkab koʻrinishi (kategoriyasi)dir.
Yozuvchi Gʻada asSamman va Zulfiya Qurolboy qizi ham oʻz ijodida ichki nutq – ichki replika, ichki diolog, ichki monolog (monolog-muhokama, monolog-xotira, monolog-mulohaza), nutqiy xarakteristika, portret, takror soʻzlar, gallyutsinatsiya, pauza vositasi kabi psixologik tahlil vositalaridan mohirona foydalanib, psixologik va magik realizm unsurlari bilan boyitilgan nasriy asarlar yaratib kelmoqdalar. Xususan, ular ijodida psixologik tasvir vositalari, ichki nutq va ichki monolog konseptining voqeʼlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuklashlar
Foydalanilgan adabiyotlar
https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/ichki-nutq-uz/
Синельникова Л. Н. Жизнь текста, или Текст жизни // - Луганск: Знание, - 2005. – Б. 54.
Қуронов Д., Maмажонов З., Шералиева М. Адабиѐтшунослик луғати. – Toшкент: Akademnashr, 2010. – Б. 11.
Адабиётшунослик луғати. Д.Қуронов ва б. Т.: Академнашр, 2013, 209-б.
غاد السمّان. المواء (ليل الغرباء). بيروت، منشورات غاد السمّان، 1966.- ص. 24.
Шодиев Н. Руҳият рассоми. Т.:Фан, 1977. Б. 16
غاد السمّان. ليل الغرباء. المواء. بيروت، منشورات غاد السمان. ص.27.
Зулфия Қуролбой қизи. Қадимий қўшиқ. Ҳикоялар.Т.: 2012. Б 283.
غادة السمّان. ليل الغرباء. امسية اخرى باردة. بيروت، غادة السمّان، 1966. ص. 132.
غادة السمان. ليل الغرباء. منشرات غادة السمان. بيروت، 1966. ص. 134.
غادة السمّان. ليل الغرباء. أقسية أفرى باردة.يسروت، منشورات غادة السمّان، 1966. ص. 146
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
Litsenziya
Copyright (c) 2022 DILAFRUZ ABDULLAEVA
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...