KONSEPT: TUSHUNCHASI, TARIXI VA MASALANING DIAXRONIK QO‘YILISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-10Muhim iboralar:
konsept, universaliyalar, falsafa, kognitiv yondashuv, mantiqiy (falsafiy) yondashuv, madaniy yondashuv, idrok konsepti, badiiy konsept, metafora.Annotatsiya
Bugungi davrda inson-til-tafakkur uchligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar filologiyada markaziy o‘rinni egallab kelmoqda. Bunday turdagi tadqiqot obyektlaridan biri bo‘lgan “konsept” hodisasiga e’tibor, aniqsa, yuqori. Ushbu maqola ham “konsept” tushunchasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda bir qancha masalalalarga e’tibor qaratilgan:
birinchidan, “konsept” hodisasiga turli akademik manbalar asosida, atroflicha va batafsil izoh berilgan.
ikkinchidan, “konsept” tushunchasining akademik tadqiqotlar sifatida shakllanishdagi bosib o‘tgan yo‘li, kimlar va qachon, qanday masalalar doirasida ushbu hodisa haqida tadqiqot olib borgani turli manbalarga suyangan holda tahlil qilingan.
uchinchidan, “konsept” XX asr tilshunosligida qanday masalalar doirasida shakllangani ko‘rib chiqilgan.
Inson tafakkurining tizimli-mazmun resurs birligi sifatida xizmat qiladigan ushbu hodisaga qiziqish o‘zbek filologiyasida ham sezilari darajada oshgan. Shunday bo‘lsa-da, konsept tushunchasining negizi, uning kelib chiqishi, qanday qilib falsafa va kognitiv tilshunoslik kabi inson tafakkurini o‘rganishga qaratilgan fanlardagi markaziy masalalardan biriga aylanganligi haqidagi ma’lumotlarda bo‘shliqlar mavjud. Bunday kengaytirilgan tahlil esa so‘nggi yillarda konsept masalasiga bag‘ishlangan o‘zbek tilidagi risola, dissertasiya va maqolalarda mavjud bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan. Aytilgan bo‘shliqlar mavjudligiga yaqqol bir ishora sifatida “konsept” terminining o‘zbek tilidagi muqobili sifatida “tushuncha” degan so‘zning ishlatilishi. Bu kabi xato o‘xshatish mavjudligi, konseptlarning inson tafakkuri va tildagi tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar to‘liq emasligining natijasi deb bilamiz. Bu maqola esa konsept hodisaning tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi bilan bog‘liq kamchiliklarni, ya’ni, qanday hodisa ekanligi, qanday sohalarda va qanday masalalar doirasida shakllangani, hozirda va kelajakda yana qanday tadqiqotlar uchun imkoniyatlar ochiq turganini tushunishga qaratilgan bir urinishdir.