+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ABU HILOL AL-ASKARIYNING الفروق اللغوية “AL-FURŪQ AL-LUGHAVIYYAH” ASARINING STRUKTUR VA SEMANTIK TAHLILI

muallif

  • Azizjon Muxammadjonov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-09

Muhim iboralar:

Arab tili, lug‘at ,lug’at uslubi, metodologiya, Abu Hilol Askariy, “Al-Furūq al-lughawiyyah” struktur- semantik tahlil,sinonimlar.

Annotatsiya

Lug‘at — so‘zlarni ma’lum bir tartib asosida joylashtirgan ro‘yxat bo‘lib, unda so‘zlarning haqiqiy va majoziy ma’nolari, shuningdek, ularning turli kontekstlarda ishlatilishi leksik va semantik jihatdan izohlanadi. Til o‘rganuvchilari uchun lug‘at zaruriy leksikografik vosita hisoblanadi, chunki kishining leksik boyligini kengaytirish uning madaniy va ijtimoiy doirasi bilan uzviy bog‘liq. Abu Hilol al-‘Askarīning "al-Furūq al-Lughawiyyah" lug‘ati sinonimik birliklar o‘rtasidagi nozik semantik farqlarni tahlil qilishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu lug‘at arab tilidagi noaniq va ko‘p ma’noli so‘zlarni aniqlash, ularning sinonimik variantlarini tahlil qilishda, shuningdek, maqbul leksik birikmalarni tanlashda yordam beradi.

Mazkur ilmiy maqola Abu Hilol al-‘Askarīning "al-Furūq al-Lughawiyyah" asarida qo‘llanilgan metodologik asoslarni tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lug‘atning tuzilishi, semantik izohlar tizimi va ma’nolarni tasniflash usullari leksikologik nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Lug‘at tarjima jarayonida, ilmiy tadqiqotlarda, qadimiy arab matnlarini o‘rganishda, shuningdek, terminologiyani rivojlantirishda muhim leksikografik vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada lug‘atning paydo bo‘lish tarixi, mazmuni, leksik uslubi va asosiy maqsadlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, lug‘atning afzalliklari, imkoniyatlari va ayrim kamchiliklari ham lingvistik jihatdan sharhlangan.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-03-12

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521