KAMOLIDDIN HUSAYN VOIZ KOSHIFIY “LUB UL BOB-MASNAVIY” HAMDA ODINA ESHONNING “MIFTOH UL-ASROR” ASARLARINING ILMGA OID QISIMLARINING TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-06Muhim iboralar:
Lub ul bob-masnaviy, Voiz Koshifiy, Miftox ul-asror, ilm, chashma, Miftoh ul-asror.Annotatsiya
Mavlono Jaloliddin Rumiy tomonidan yozilgan “Masnaviy Ma’naviy” asari, XIII-XIV asrlarda yaratilgan mashhur tasavvufiy asarlardan biridir. Bu asar, tasavvuf fikrlarini, insonning ma’naviyatini, ruhiyiyatini rivojlantirishni va uning hayotdagi maqsadini tushuntirishni maqsad qilgan.
Voiz Koshfiy va Odina Eshon esa Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlarining tafsir va sharhlari bilan mashhur bo‘lgan olimlardandir. Ular Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari va xususan "Masnaviy Ma'naviy" asari ustida ko‘plab tadqiqotlar olib borishlari bilan tanilganlar. Shuningdek, ularning sharhlari Mavlono Jaloliddin Rumiy fikrlarini chuqur tahlil qilish va tushuntirishga yordam beradi.
Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy jami qirqga yaqin asar yozgan, asarlarini fors tilida yozgan. Ular shakl va mazmun jihatdan juda xilma-xil bo‘lib, XV asrning ikkinchi yarmida o‘rta asrlar Eron va Markaziy Osiyodagi musulmon ilmining ko‘plab sohalarini qamrab oladi. Koshifiy haqli ravishda buyuk ensiklopedik olim, hamda Eron madaniyatiga o‘ziga xos yangi yo‘nalishni olib kirgan Temuriylar davri arbobidir.
Voiz Koshifiyning “Lub ul bob-masnaviy” asari adabiyot tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asarlardan biridir. Bu asarida Voiz Koshifiy ta'lim va tarbiyaga oid boblar mavjud. Uning asarida insonning ruhiy hayotini, ma'naviyatini, dunyoqarashini o‘rganish va yuksaltirishning ahamiyati bayon qilinadi.
Asarning bir qismida asosan insonning ma'naviyatiga oid fikrlar va nazariyalardan iboratdir va tarbiya va ta'lim sohasidagi muammolarga jiddiy e’tibor qaratadi. Ushbu asar, Rumiyning "Masnaviyi Ma’naviy" asarining Voiz Koshifiy talqini va sharhiga bag’ishlangan bo’lib muallif davr o‘quvchisi uchun qo‘llanma vazifasini o‘tagan. Voiz Koshifiyning “Masnaviy” sharhi orqali uning dunyoqarashini o‘rganishga yordam beradi. Mazkur maqola Koshifiy va Odina Eshon asarlarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning “Masnaviy” asari sharhlari orqali tasavvuf ilmidagi o‘xshashlik va farqliliklarni ochib beradi. Ushbu tadqiqot Rumiy merosining chuqur anglanishiga va uning zamonaviy o‘quvchilar uchun qadr-qimmatini yoritishga xizmat qiladi.