TARJIMASHUNOSLIK MAKTABLARIDA “MILLIY KOLORIT” TUSHUNCHASINING ILMIY TAVSIFI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-10Muhim iboralar:
Tarjimashunoslik maktabi, realiya, madaniyatga oid so‘z, trasnliteratsiya, analog, tarjima, tadqiqot, tarjimashunos, milliylik, madaniyat.Annotatsiya
Dunyo tarjimashunosligida shunday mavzular borki, ular qancha tadqiq etilsa, o‘rganilsa, yana yangi-yangi ma’lumotlar, yechilmagan masalalar hali ham borligi ko‘rinadi.
Mazkur maqolada keltirilgan mavzu ham qancha tadqiq etilsa-da, yangi taraflari chiqaveradi. Bu – milliylik mavzusidir. U butun dunyo tarjimashunoslik va tilshunoslik maktablari vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lishiga qaramay, haligacha dolzarb mavzulardan sanaladi. Turli tarjimashunoslik maktablarida unga yondashuv masalalari qanday bo‘lgan, g‘arb va sharq tilshunos-tarjimashunos olimlari qanday terminlar orqali milliylikni tarjima asarlarda aks ettirishi, asarda milliylik deganda qanday mavzular, tushunchalar tushunilishi lozim ekanligi haqida yozilgan. Xususan, pokistonlik tilshunoslar va tarjimashunoslar milliylikni nimalar orqali o‘rganishi, ularning nuqtayi nazaridan qaysi jihatlarga ahamiyat berish lozimligi haqida, xuddi shu jihatlar o‘zbek olimlari tadqiqotlarida qanday ekanligi to‘grisida so‘z boradi. Bunda har bir mamlakat va maktab vakillari tomonidan milliylikni ifodalovchi birliklarga berilgan ta’riflar, qarashlar ularning olib borgan ilmiy tadqiqotlaridan keltirilgan ta’riflar bilan beriladi.
Shu bilan birga, mazkur ishda milliylikni asarda yuzaga chiqaruvchi eng asosiy unsur sifatida “realiya”lar xizmat qilishi, ushbu so‘zlarni tarjima jarayonida qaysi usullar orqali tarjima qilish eng ma’qul ekanligi ham olimlar fikriga tayanilgan holda asoslab ketilgan.
Bundan tashqari, g‘arb tarjimashunoslik maktabi vakili P.Nyumarkning milliylikni o‘rganilshiga oid fikr-mulohazalari va u tomonidan keltirilgan klassifikatsiya jadval sifatida ishda o‘z aksini topgan.