«DEVONU LUG‘ATI-T-TURK» MATNIDAGI HARAKAT BELGILARI VA TURKIY SO‘ZLARNING O‘QILISHI MASALASI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-06Muhim iboralar:
eski turkiy til, qo‘lyozma, turkiy so‘zlar, harakat belgilari, fonetik transformatsiya, harf, tovush, harf va tovush munosabati, so‘zning fonetik variantlari, so‘zning shevadagi shakli.Annotatsiya
Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ati-t-turk» asarining qo‘lyozmasida ayrim o‘rinlarda muayyan harf ustiga va ostiga biryo‘la ikki harakat belgisi: fatḥa va kasra yoki ḍamma va kasra qo‘yib ketilgan. Bugina emas, bir so‘zning o‘zi biryo‘la ikki xil harf bilan ham yozilgan o‘rinlar ham bor. Harfiy ishoratlarning bunday tarzda qo‘yib ketilgani, bir so‘zning ikki xil yozilgani bejiz emas. Ushbu so‘zlar eski turkiy tilda ikki xil talaffuz qilingan; lug‘atchi so‘zning yozma adabiy tildagi ko‘rinishi bilan bir qatorda, uning boshqa bir talaffuzi, shevalardagi fonetik variantini ham ko‘zda tutgan.
Ushbu maqolada lingvistik lug‘atlarda ikki xil harakat belgilari va harflarning biryo‘la qo‘sha qollanishiga tayanib, ularning fonetik vazifasi, eski turkiy so‘zlarning o‘qilishi va fonetik transformatsiya masalalari to‘grisida fikr yuritiladi.