PAVLAYI VA ANNA KARENINA: TUTASH TAQDIRLAR
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-04Muhim iboralar:
Anna, Pavlayi, psixologik realizm, sadoqat va muhabbat, noan’anaviy sevgi, ayollar taqdiri.Annotatsiya
Har bir xalqning o‘z nodir asarlari bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da ular o‘z qadr-qiymatini yo‘qotmaydi. Bunday asarlar zamon va makon tanlamaydi, tildan-tilga tarjima bo‘lib muxlislari e’tirofiga sazovor bo‘laveradi. Rus adabiyoti vakili Lev Tolstoy o‘zining yetuk asarlari bilan adabiyot muxlislarining ko‘nglidan joy olgan. Uning asarlaridan ilhomlanib, ijodkorlar yangi asarlar yozishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Lev Tolstoyning Hindiston xalqlari adabiyotiga ham ta’siri bo‘lgan, ko‘pgina realist yozuvchilar uning asarlarini tarjima qilganlar hamda asarlaridan ilhomlanganlar. Ayrim hind ijodkorlari Tolstoyni o‘z ustozi deb bilgan. Mazkur maqolada rus yozuvchisi Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romani hamda tamil yozuvchisi Chinnappa Bharatining “Pavlayi” romanlari asosida insoniy munosabatlar va hayot murakkabliklarini ifodalashdagi qarashlari qiyosiy tahlilga tortilgan. E’tiborli jihati shundaki, ikkala romanda ham bir-biridan tubdan farq qiladigan hayot tarzida yashaydigan, turli mintaqa va turli tuzumda yashaydigan personajlar Anna va Aleksey Karenin, Pavlayi va Periyannanlarning oilaviy hayoti, ularning mushtarak muammolari, taqdiri, xayotga va atrofdagilarga munosabati kabi masalalar har ikki adib tomonidan real voqealar asosida ochib berilganligidir. Maqolada turli millat va davrga oid ikki asardagi personajlar, roman voqealari, personajlarning psixologik holati va hayotga, jamiyatga va oilaga munosabatlari kabi masalalar qiyoslanib, o‘xshash va farqli jihatlari ochib berishga harakat qilingan.
Zero, adabiyotda gender yangi tushuncha bo‘lsa-da, xotin-qizlarga oid muammo azaldan bo‘lib kelganligini ushbu ikki roman misolida ko‘rish mumkin. Lev Tolstoy va Chinnappa Bharati ham o‘z romanlarida bu masalaga teran fikr, chuqur mushohada bilan yondashganligini ko‘rish mumkin.