AFG‘ONISTON QARSHILIK SHE’RIYATI VA PARTAV NODIRIY IJODI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-03Muhim iboralar:
Qarshilik adabiyoti, Afg’oniston, muhojirlik, Sovet Ittifoqi, mujohidlar, Tolibon davri, X. Xaliliy, K. Kozimiy, P.NodiriyAnnotatsiya
Ushbu maqolada Afg’onistonda qarshilik she’riyatining paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari va ushbu adabiyotga mansub shoirlar, ularning ijod namunalari haqida so’z boradi. Mavzuni yoritishda tarixiy, sotsiologik va germenevtik metodlaridan foydalanildi. Qarshilik adabiyoti, xususan, she’riyati nafaqat dariy-fors adabiyotida balki jahon adabiyotida ham keng qo‘llanilib kelmoqda. Bu she’riyat jahon adabiyotida xalqlarning zulmkor tuzum va bosqinchilikka qarshi kurashi, ozodlik uchun olib borgan urushlari natijasida paydo bo‘lgan adabiyotga nisbatan qo‘llaniladi. Afg’on adabiyotida bu voqelik Sovet Ittifoqining mamlakatga bostirib kirishi bilan yaqqol tus oldi va mujohidlar, tolibon hukmronligi yillarida ham ko’zga tashlandi. Uzoq yillar davom etgan notinchliklar, siyosiy, ijtimoiy-madaniy inqiroz tufayli mamlakat aholisi dunyoning turli tomonlariga sochilib ketishdi. Ayniqsa ziyoli qatlam o’zlarining erkin ijodi, osoyishta hayoti uchun turli davlatlarga hijrat qilishga majbur bo’ldilar. Shu jihatdan Afg’oniston qarshilik adabiyotini ikki xil aspektda: mamlakatning ichki va tashqarisida rivojlanganligini kuzatamiz. Xoh mamlakat ichida, xoh tashqarisida bo‘lsin, Afg’oniston qarshilik adabiyotini yaratishga katta hissa qo’shgan adiblar qatorida Xalilulloh Xaliliy, Abdurahmon Pajvok, Vosif Boxtariy, Partav Nodiriy, Xolida Furug‘, Kozim Kozimiy kabi shoirlarni sanab o’tish mumkin. Bu shoirlar qalamdan o’q sifatida foydalanib, urush, notinchlik, zulmga qarshi turdilar. Mamlakatda tinchlikni, erkinlikni, adolatni va ma’rifatparvarlikni yoqlab nazm va nasrda ijod qildilar. Qarshilik adabiyotiga mansub she’rlar ham mazmunan, ham shaklan ahamiyatliligi bilan e’tiborlidir. Maqolada shunday she’rlarni tahlil qilish orqali Afg’oniston qarshilik adabiyoti qiyofasi birmuncha ochib berilgan.