+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

HINDISTON MAMLAKATI XOTIN-QIZLAR TA’LIMI EVOLUTSIYASI

muallif

  • Iroda Xayrullayeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-12

Muhim iboralar:

Gurular, Boburiylar, madrasa,pathshala, British Raj, Savitribai Phule, Bhidevada, Bethune kolleji, SNDT ayollar universiteti, savodxonlik darajasi.

Annotatsiya

Ushbu maqola Hindiston ta’lim tizimi, xususan, xotin-qizlar ta’limining rivojlanish tarixi haqida yoritib beradi. Xotin-qizlar ta’limi uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, Vedalar davrida ham ayollar tomonidan Veda matnlari yod olingani tarixdan ma’lum. Shuningdek, o‘rta asrlarda ham musulmon hukmdorlari bosqini davri, xususan Boburiylar hukmronligi paytida ham xotin-qizlar ta’lim olishi mumkin bo‘lgan. Musulmon hukmdorlar hokimiyat tepasidaligida zodagon xonadon oila farzandlari, aslzoda hamda malikalar, shuningdek, oddiy xalq farzandlari ham ta’lim olishi hukumat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosan Boburiylar imperiyasi hududida amalda bo‘lgan. 

Hind jamiyatida xotin-qizlarning ta’lim olishining keng miqyosda yoyilish jarayoni British Raj ya’ni Britaniya mustamlakachiligi davriga to‘g‘ri keladi. Xotin-qizlarning ommaviy tarzda ta’limga bo‘lgan ehtiyoji Angliyada ham XIX asrlarga borib taqaladi. Vaholanki, bu jarayon Britaniyaning mustamlaka hududlarida ham aks-sado bera boshlaydi. Dastlab, xristian missionerlari tomonidan targ‘ib etilgan bu faoliyat, asta-sekin mustamlaka ma’muriyati va keyinchalik hind jamiyati ilg‘or vakillari tomonidan davom ettiriladi. Mamlakat hududida sekin-asta qizlar maktabi, kollej va universitetlar ochila boshladi. Bu jarayon tabiiyki mamlakat rivojlanishida ijobiy ahamiyat kasb etadi va Hindiston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatning qator hududlarida bu turdagi ilm maskanlari ochila boshladi. Buning natijasi o‘laroq, hind xotin-qizlari jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘z o‘rnilarini topib, ular orasida mamlakat rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan faol ayollar yetishib chiqdi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-15

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521