+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

AMIN MAALUFNING “SAMARQAND YOXUD ZULMATDA YO‘QOLGAN ZIYONI IZLAB...” ASARIDA IFODALANGAN SHARQ AYOLLARI OBRAZINING TARJIMADA QAYTA YARATILISHI

muallif

  • Gulsara Kurbanova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-07

Muhim iboralar:

“aql va go‘zallilik” falsafasi, asar g‘oyasi, muallif uslubi, adekvat tarjima, tarjima transformatsiyasi usullari, milliy kalorit, leksik birliklar.

Annotatsiya

Mazkur maqola fransuz yozuvchisi Amin Maalufning “Samarqand yoxud zulmatda yo‘qolgan ziyoni izlab...” asarida sharq ayollarining tipik vakillari bodom o‘g‘risi, malika Turkon Xotun, Bejamin Umar Lesajning “tutingan onasi” va shoira Jahon obrazi tahlilga tortilgan. Unda Amin Maalufning sharq ayollaridagi “aql va go‘zallik falsafasi” Monteskening “Fors nomalari”da  tasvirlangan ayollar siymosi bilan hamohang kelishi o‘rganiladi. Matnlardagi dominant belgilar go‘zallik, maftunkorlik, samimiylik kabi xislatlar sharq ayollarini siyrati kabi suratini ham yanada maftunkor qilishi va sharq tasviriy fantaziyasida ularga nisbatan ekzotik tasavvurdan  ko‘ra aqllilik tushunchasi munosib ekanligi asliyat va tarjimada tahlil etiladi.

Maqolada asarning g‘oyaviy badiiy asosini tashkil etuvchi matnlarning madaniy va falsafiy asoslarini ifoda etuvchi ba’zi so‘zlarning tarjimada tushirib qoldirilishi asliyat mazmuniga zarar yetkazishi, muallif uslubi va asar g‘oyasini tarjima tiliga muqobillik bilan o‘tkazishda tarjimaning mazmun-mohiyat birligiga asoslangan kognitiv darajadagi tushunish natijasida tarjimon yaratgan badiiy tarjimasida xalq poetik nutqi, dialoglariga xos leksik birliklar, jumla, gap qo‘shish kabi sintaktik konstruksiyali transformatsiya usullari samarali ekanligi tahlil etilgan. Badiiy asarni tarjima qilishda asar muallifining g‘oyasi, maqsadini interpretatsiya qilishi, germenevtik yondashuv jihatidan talqin etishda  yozuvchi uslubini o‘rganish masalasi birinchi o‘ringa chiqishi, yozuvchi uslubini o‘rganish uchun uning avtobiografiyasi, qiziqishlari, jamiyatdagi mavqeini aniqlash muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan. Badiiy asar qahramonlari qarashlari, intilishlari yozuvchi va tarjimon uslubi uyg‘unligi orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan.

Yevropa va sharq xalqlari mentalitetiga xos milliy kolorit quyidagi qarama-qarshiliklar asosida asliyat va tarjima matnida tarixiylik va zamonaviylik, zolimlik va ma’rifatparvarlik, mazluma sharq ayoli va hur fransuz ayoli timsolida madaniy-dialog falsafiy hodisasi tarjimada voqelikni qayta yaratishning umume’tirof etilgan usullari, jumladan, germenevtik yondashuv, tavsifiy tarjima, to‘g‘ri tarjima, o‘xshashlarni tanlash, transliteratsiyalar yordamida adekvatlik tamoyillari asosida ochib beriladi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-15

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521