TOʼTINOMА АSАRINING BUXORODАGI NUSXАLАRI VА ULАRNING KODIKOLOGIK QIYOSIY TАHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-06Muhim iboralar:
To‘tinoma, nusxa, kodikologik tahlil, manba, tavsif, ashyoviy raqam, qo‘lyozma, muqova turunji, poygir. Qur’on oyatlari, hadislar, hikmatli so‘zlar,Annotatsiya
Hozirgi kunga qadar Ziyouddin Naxshabiyning “To‘tinoma” asari turli tillarga tarjima qilinib, ilmiy maqolalar va dissertasiya ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ushbu maqolada asar va uning muallifi haqida qisqa ma’lumot bergan holda, asosiy e’tiborni mazkur asarning Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi va Аbu Аli ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasida saqlanayotgan ikki qo‘lyozma nusxasining kodikologik-qo‘lyozmaga xos xususiyatlari, ular orasidagi tafovutlar va ularning umumiy o‘xshashlik jihatlari o‘zaro qiyoslab o‘rganishga harakat qilingan.
Ushbu tadqiqot natijasida ba’zi o‘rinlarda Buxoro muzeyi qo‘lyozma nusxasining o‘ziga xos ajralib turuvchi jihatlariga guvohi bo‘lingan bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda Ibn Sino nomidagi kutubxona markazi qo‘lyozma nusxasining Buxoro muzeyi qo‘lyozma nusxasida mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos jihatlarini shohidi bo‘lindi.
Ushbu qiyosiy o‘rganish natijasida qo‘lyozmalarda yildan-yilga manbashunoslik va matnshunoslik sohalarining ma’lum bir qirralari ochilganligini guvohi bo‘lish mumkin.
Shuningdek, mazkur asarning qiyosiy tadqiqi jarayonida xattot va kotiblarning o‘ziga xos sharqona odob-axloq va madaniyatni va kitobat san’atidagi o‘ziga xos uslubni guvohi bo‘lish mumkin. Albatta bunday sharqona madaniyat boshqa g‘arb manbalarida ko‘zga tashlanmaydi.