+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

“YER ISLOHOTI” GʻOYASIGA MUNOSABAT VA TALQINLAR

muallif

  • Sharifjon Islamov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-13

Muhim iboralar:

yer-suv islohoti, ekspropriatsiya, ulamo, taraqqiyparvar, rasmiy hukumat, manba, bahs, matbuot, al-Izah, al-Islah.

Annotatsiya

XX asr 20-yillari mustamlaka davrida Turkistonda amalga oshirilgan yirik islohotlardan biri “Yer-suv islohoti” deb nomlanadi. Ushbu “islohot” shiori mustamlaka hukumat mafkurasiga mutanosib tarzda “yoʻqsillar manfaatini himoya qilish uchun katta mulk egalariga tegishli mulklarni yersiz dehqonlar oʻrtasida taqsimlab berish” dan iborat boʻldi. Mazkur davr tarixshunosligiga doir tadqiqotlarning aksiyatida ushbu jarayon statistikasiga koʻproq eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, aksariyat manba va tadqiqotlarda “Yer islohoti” atroflicha yoritilmagan. Buning oʻziga xos omillari sifatida mustamlaka siyosati, asosiy targʻibot materiallari aynan rasmiy hukumat manfaatlariga xizmat qilishi va saqlanib qolgan aksariyat arxiv materiallari ham hukmron siyosatning hisobotlaridan iborat ekanligidadir.

Jarayonni obyektiv oʻrganishning muhim jihati aynan mahalliy manbalar, tarixiy hujjatlarning manbashunoslik tahlili orqali aniqlashdan iborat. Mazkur turdagi manbalarning aksariyati oʻsha davrdagi arabiy yozuvdagi turkiy, arab va fors tillarida saqlanib qolgan. Ayniqsa, har bir hujjatning mazmuniga doir dalillari fiqhiy manbalarga ishora qiladi. Buning uchun islomshunoslik bilimlariga tayangan holda tahlil etish lozim. Aks holda, rasmiy arxiv manbalari asosida olib borilgan tarixshunoslik tadqiqotlarining natijasi tabiiy ravishda kolonial hukumat siyosatining manfaatlariga xizmat qiluvchi xulosalarni takrorlashi mumkin.

Maqolada “Yer islohoti”ning rasmiy hukumat matbuotidagi talqinlari “Pravda Vostoka” gazetasining 1926-yildagi №279-sonida keltirilgan  “Duxovenstvo o zemreforme” nomli maqola misolida yoritilgan. Ushbu maqola markazida keltirilgan diniy fatvo hujjati tadqiqot jarayonida dastlabki shubhalarni paydo qiladi, ushbu hujjatning arxivdan asl nusxasini topilishi esa uning batafsil oʻrganilishi, natijada mahalliy ulamolarning munosabatlari haqidagi dastlabki xulosalarni keltirib chiqaradi. Shoʻroi Islomiya va Ulamo jamiyatlarining matbuot nashrlari boʻlgan “Al-Isloh” va “Al-Izoh” jurnallarida “Yer islohoti”ga doir eʼlon qilingan materiallarning tahlili mustamlaka hukumatining mazkur islohoti haqidagi mahalliy fuqarolar va ulamolarning munosabatlari haqida yangi xulosalarga olib keladi.

“Yer islohoti” siyosati natijasida mahalliy aholining shaxsiy mulk va yerlar davlat tasarrufiga oʻtkazilgani, maʼlum muddat qashshoq dehqonlarga foydalanishga imkon berilganining barchasi bosqichma-bosqich amalga oshirilgan katta iqtisodiy siyosat ekanligini namoyon etadi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-28

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521