FORS, DARIY VA TOJIK TILLARIDAGI IQTISODIY TERMINLAR FONETIK TIZIMINING QIYOSIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-08Muhim iboralar:
klassik fors tili, iqtisodiy terminlar, unlilar, cho‘ziq unli, qisqa unli, fonetik tahlil, fonemalar tizimi, qiyosiy tahlil, transkripsiya.Annotatsiya
Bugungi kundagi jadal rivojlanish barcha sohalar kabi iqtisod yo‘nalishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Chunonchi, davlat va jamiyat hayotidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar, tovarlar almashinuvi, bank-kredit masalalarining davlatlararo munosabatlarining rivoji ushbu soha terminlari tarkibining ham kundan-kunga yangilanib borishiga sabab bo‘lmoqda. Shu maqsadda, iqtisodiyot terminlarini tadqiq qilish, bu sohaning xos tushuncha va atamalarining ishlatilish va qo‘llanilish holatlarini o‘rganish – bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu kabi yondashuv, avvalo, iqtisodiyot sohasi terminlari taraqqiyotini o‘rganishni maqsad qilsa, boshqa tomondan, xalqaro nomlanishdagi ba’zi iqtisodiy terminlarning ma’lum til doirasida ishlatilish chastotasini aniqlashga asos bo‘ladi.
Fors, dariy va tojik tillari asli bir til oilasiga mansubligi, aniqrog‘i, bir o‘zakka egaligi, ularning qadimgi davr qatlami bir xil ekanligi, qolaversa, bu tillar leksik qatlamida o‘zlashmalarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, bu tillardagi iqtisodiy terminlar turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va tijoriy aloqalar natijasida bir-biridan farq qila boshlagan. Bu holat kelib chiqishi bir bo‘lgan mazkur uch tildagi iqtisodiy terminlarning struktur va leksik-semantik jihatdan tadqiq qilish, ularning fonetik farqini aniqlash, ma’lum tushuncha uchun har uchala tilda qo‘llaniluvchi terminning ishlatilish chastotasini o‘rganib chiqishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda fors, dariy va tojik adabiy tillari o‘zaro tamoman farqlanadi. Tafovutlar tilning barcha sathlarini – fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika va semantikani qamrab olgan.
Fors, dariy va tojik tillari til qurilishi va genetik jihatdan qarindosh hisoblansa-da, bugungi kunda ularning har biri mustaqil adabiy til sanaladi. Bu ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni bilan belgilanadi.