+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

FORS VA OʻZBEK TILLARIDA QISQARTMALARDAN FOYDALANISH PRINSIPLARI

muallif

  • Hulkar Mirzaxmedova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-06

Muhim iboralar:

ISO 704, abbreviatura, xalqaro Standart, Fors tili va adabiyoti akademiyasi, oʻzbek Atamaqoʻmi, fors tili, oʻzbek tili, termin, terminologiya, abbreviatura yasalishi.

Annotatsiya

Maqolada fors va oʻzbek tillarida ishlatiluvchi va taklif qilingan abbreviaturalar, yaʼni qisqartmalar va ularning qay birini tilda qoʻllash muvaffaqqiyatli ekanligi  borasidagi qiyosiy-solishtirma tahlili amalga oshirilgan.

Maʼlumki, dunyo terminologiyasidagi termin yasalishi ikki jarayon bilan bogʻliq holda yuz berishi taʼkidlanadi: 1) termin yasalishi va 2) terminning qayta yasalishi. Shuningdek, birikmalar sifatida ishlatiluvchi soʻz-atamalarni, terminlarni qisqartma shaklida ishlatish lingvistik qulaylikni yuzaga keltiradi. Mazkur abbreviaturalarning yasalish prinsiplarini oʻrganish termin va soʻz yasash imkoniyatlarini chuqur tahliliga imkon beradi. Shu maqsadda, maqolada fors va oʻzbek tillarida yasalayotgan abbreviaturalar va ularning qaysi bir shaklini tilda ishlatish masalalari yuzasidan tahlillar va xulosalar keltirilgan.

Eronda til sofligini saqlab qolish maqsadida davrlarga qarab, uchta “Til akademiyalari” tashkil etilgan. Ularning soʻngisi “Fors tili va adabiyoti akademiyasi”, yaʼni uchinchi akademiya boʻlib, u 1991-yilda tashkil topgan va oʻz Yoʻriqnomasiga ega. Xuddi shu davrda oʻzbek tilida Atamaqoʻm oʻz faoliyatini boshlagan va qisqa davrda oʻz ishini yakunlagan.

Maqolada dunyo terminologiya maktabida yuzaga kelgan Xalqaro terminologiya tashkiloti Standarti – ISO 704, undagi abbreviatura hosil qilish prinsiplarining fors va oʻzbek tillari termin yasash qoidalariga taʼsiri, ularning har biridagi farqli va oʻxshash qirralari tahlillari keltirilgan. Shuningdek, fors va oʻzbek tillaridagi abbreviaturalar, abbreviaturalar ishlatishi doirasida yuzaga keladigan kontekstual  dubletlar va ulardan qay birini tilda qoʻllash masalalari boʻyicha tahlillar olib boriladi.  Qiyoslangan nazariyalar natijasida oʻzbek tilida abbreviatura yasash boʻyicha qator takliflar keltirilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-28

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521