+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING ILMIY TANQIDIY MATNI VA TURLI DAVRLARDA NASHR QILINGAN VARIANTLAR ORASIDAGI TAFOVUTLAR

muallif

  • Zebiniso Qurbanboyeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-04

Muhim iboralar:

mumtoz adabiyot, asl nusxa, qo‘lyozma, kirill alifbosi, tanqidiy matn, manba, bayt, transliteratsiya.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ul-abror”ning Porso Shamsiyev tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tanqidiy matni va turli davrlarda nashr qilingan variantlar orasidagi tafovutlar tadqiq etilgan. Buning uchun 16 va 20-maqolatlar tanlab olingan. Ushbu maqolada quyidagi masalalar yoritilgan:

nashrlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish;

nashrda tanqidiy matnlarning o‘rnini yoritib berish;

nashrlardagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullariga oid takliflar kiritish.

Ushbu maqolada quyidagi maqsad va vazifalar ko‘zda tutilgan:

dostonning bir necha manbalar asosida qiyosiy tahlilini amalga oshirish va shu orqali uning ilmiy jihatdan ahamiyatini belgilash;

asl matnga eng yaqin matnni shakllantirishga ko‘maklashish;

Bu ilmiy ishni amalga oshirishda tarixiy-qiyosiy metod, shuningdek, kontekstual va ilmiy tavsiflash, tasniflash, statistik metodlar qo‘llanildi.

Ushbu maqolada tadqiqotlar natijasida aniqlangan mazmunga ta’sir ko‘rsatgan o‘rinlar haqida so‘z borib, quyidagi kategoriyalar orqali tartiblandi:

1) so‘zlarning qo‘shib yoki ajratib yozilishi;

2) arab alifbosidan kirill alifbosiga noto‘g‘ri transliteratsiya qilinishi;

3) punktuatsion belgilar bilan bog‘liq xatolar.

Nashr va imiy-tanqidiy matn o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘rib chiqish asosida quyidagicha xulosalarga kelindi:

– Porso Shamsiyev tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tanqidiy matn arab grafikasiga tayanadi. Nashrlar esa kirill yozuvida ado etilgan. Bir yozuvning ikkinchi yozuvga transliteratsiya qilinishi bilan aloqador bo‘lgan kamchiliklar, ayniqsa, arab grafikasida aks ettirilmaydigan unlilarni berishda qiyinchiliklar, har xilliklar ko‘zga tashlanadi.

– Qo‘shma so‘zlar imlosidagi ayirmalar umumiy salmog‘iga ko‘ra katta guruhni tashkil etadi. Bu, birinchidan, qo‘shma so‘zlar bilan aloqador bo‘lgan umumiy qoidalar, nazariy qarashlardagi ayrim murakkabliklar bilan aloqador bo‘lsa, ikkinchidan, mumtoz adabiyotdagi qo‘shma so‘zlar bilan bog‘liq muammolarning yetarlicha ishlanmagani bilan izohlanadi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-28

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521