+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA HARAKAT FE'LLARINING QIYOSIY LEKSIK SEMANTIK TAHLILI

muallif

  • Zilola Mirzamuxamedova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-14

Muhim iboralar:

fe'l kategoriyasi, fe'l zamonlari, fe'l mayllari, fe'l semantikasi, arab va o'zbek tilshunosligi, bu mavzuni arab olimlari tomonidan o’rganilishi, asarlari.

Annotatsiya

Ushbu  maqolada arab va o'zbek tillarida fe'l so'z turkumi, uning  tilshunoslar tomonidan o'rganilishi, har ikki tildagi harakat fe'llarining   qiyosiy  leksik-semantik tahlili  tarzda yoritib o'tilgan. Maqolada arab va o’zbek tillaridagi fe’l so’z turkumining semantik guruhlarga bo’linishi ko’rsatilgan bo’lib, ularning leksik-semantik munosabatlarini o’rganishda ushbu fe’llarning sinonimlik va antonimlik xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan. Xususan, arab  izohli lug’ati va arabcha-o’zbekcha lug’atlarda  kelmoq harakat fe’lining qanday ma’nolar kasb etishi hamda ushbu fe’l predloglar bilan kelganda qanday semantik o’zgarishlarga duch kelishi izohlangan. Har ikkala tildagi izohli lug’atlarda berilgan ushbu fe’llar ma’nolarining miqdori o’rtasida sezarli farq borligini ko’rish mumkin. Kelmoq fe’li har ikki tilning frazeologik iboralar tarkibida ham kelishi mumkin bo’lib, mazkur fe’lning arab va o’zbek tillaridagi frazeologik iboralarda qo’llanilishi o’zaro qiyoslanib, ularning o’xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligida ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, o’zbek tilshunoslari harakat fe’llarining morfologik, stilistik, semantik valentik xususiyatlarini o’rganib, ularni o’z ilmiy ishlarida bafurja yoritganlar. Arab tilshunosligida esa, olimlar asosan fe’l kategoriyasiga ana’naviy yondashib, uni morfologik jihatdan o’rganganlar. O’zbek tilidagi harakat fe’li mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga mos keladi. O’zbek tilidagi “kelmoq” fe’liga xos ba’zi ma’nolarni ifodalashda, ularning aynan arabcha muqobil variantini qo’llash lozim. Ba’zi  holatlarda esa o’zbek tilidagi ushbu harakat fe’lining anglatgan ma’nolari arab tilida ham, aynan “kelmoq” fe’li bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda arab tilida “kelmoq” ma’nosini beruvchi sinonim fe’llardan kutilgan ma’noni ifodalovchi aynan bir fe’lni tanlash lozim. O’zbek tilidagi harakat fe’lining istak va egalik qo’shimchalarini olgan fe’l shakli bilan birikkan ko’rinishi arab tilida modal so’zlar, yuklamalar yordamida ifodalanadi. Maqolada ushbu holat  misollar orqali izohlangan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-15

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521