+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘KUZBEKLAR JAHON ILMIY TAMADDUNINING ASOSCHILARI

muallif

  • Uroqboy Lafasov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-11

Muhim iboralar:

Alloh, olam, inson, Yer, Safiyulloh, Nuh, Ibrohim, Muhammad, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turk, Tur, Turon, Turkiston, turlar, o‘kuzbeklar, aynlar, sakura, chiya, Jabarqa, Kun, olov, taom, himoya, enlama nuqta, qutjilarning tamg‘asi, nujum ilmi, rasadxona, o‘rdakent, kichik rasadxona, Bag‘dod Ma’mun akademiyasi, Kosiyon tog‘i, Gvatemala, Quchi shahri, o‘choq, issiqlik, havo, toshtemir, chukun, temir, po‘lat, Sopolli madaniyat, Jarqo‘ton qal’asi, rozgoh, buddizm, kushonlar, Buyuk Irak yo‘li, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom qal’asi, Xayrabodtepa, Darband istehkomi, Temir darvoza, Zurmala stupasi, Tavka qal’asi, Tumanqo‘g‘on qal’asi.

Annotatsiya

Ushbu (“O‘kuzbeklar jahon ilmiy tamaddunining asoschilari”) maqolada buyuk qudrat egasi Alloh olamni yaratib insonlarning adolatli va erkin yashashlarini ta’minlash uchun islom qonunlarini joriy qilganligi, Yer yuziga odam bilan islom birga tushirilganligi va Yaratgan islomni to‘rt marta yangilanganligi haqida yozilgan. Ushbu yangilanishlar Safiyulloh, Nuh, Ibrohim va Muhammad(s.a.v) davrida bo‘lganligi ta’kidlangan. Tengsiz Parvardigor insonlar uchun bino qilingan yulduzlar turkumiga asosiy quvvatlanish (energiya) manbai sifatida Kunni va Yer sharidagi odamlar yanada yaxshi hayot kechirishlari hamda qo‘shimcha kuch-quvvat olishlari o‘tni in’om qilganligi, Yerdagi Odam ota va Havvo onaning zurriyotlari olov yordamida haqiqiy himoyani va taom lazzatini his eta boshlaganlari va bu Nuh to‘fonigacha davom etganligi aytilgan. Hozir Yerda yashayotgan insonlar Nuhning uch o‘g‘li Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turkdan tarqaganligi aytib o‘tilgan. Ota duosini olgan Yofas (Tur)ga Turon va Turkiston berilganligi va uning avlodlari turlar deb atalganligi, turlarning aslzodalari o‘kuzbeklar, yaponlarga asos bo‘lgan aynlar esa turlarga mansubligi, yaponlardagi sakura aslida chiya, Yaponiyaning asl nomi Jabarqa “quruqlik bor joy” ekanligi sharhlangan. Yer yuzida Ko‘kdagi sayyora va yulduzlar tiniq ko‘rinadigan beshta enlama (kenglik) nuqta borligi, ularning barchasi turlar yashaydigan hududda ekanligi, nuqtalar birlashtirilganda aylana shakl yuzaga kelishi, enlama shakl esa qutjilarning tamg‘asi bo‘lganligi, Kun chiqishdagi jabarqa va Kun botishdagi indeyts aynlarda ham ana shu tamg‘a hozirgacha saqlanganligi qayd etilgan. Jahon munajjimlik fani amaliyotida eng avval O‘zbekiston hududidagi enlama (kenglik) nuqta Ali Qutji (Qutchi)ning ajdodlari tomonidan topilganligi, bu joy, ya’ni Niyoztepadan turib  Samarqand nujum ilmi maktabi olimlari G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek osmondagi yulduzlar harakatini aniq kuzatishganligi, keyinchalik kuzatuv natijalari Samarqanddagi rasadxonada Mirzo Ulug‘bek va Ali Qutji tomonidan tahlil qilinganligi izohlangan. O‘ta qobiliyatli o‘kuzbeklar (qutji, qiyot, qong‘irot va naymanlar) har doim ilmga chanqoq, intiluvchan bo‘lishgani uchun ilm-fan, harbiy va savdo sohalarida keng faoliyat ko‘rsatishganligi, qutji va naymanlarda harbiy-vatanparvarlik, qiyot va qong‘irotlarda diplomatik qobiliyat ustun bo‘lganligi, qutjilar o‘z ichida ikki aymoqqa oq tug‘li qutjilar va qora tug‘li qutjilarga bo‘linishi, turlarda ham qadimdan aylana tamg‘ali bayroqlar e’zozlanganligi, Sohibqiron Amir Temur va Mahmud G‘aznaviyning bayroqlarida ham ushbu tamg‘ani ko‘rish mumkinligi e’tirof etilgan. Turlarning bir qismi bo‘lgan aynlar tabiiy quvvatlanish manbai Quyoshning chiqish joyiga yetish maqsadida Sharqqa qarab ko‘chib, Jabarqaga borib qolishganligi,  ammo ular aylana shaklli tug‘ va tamg‘alarini saqlab qolishganligi bayon qilingan. Qutji aynlarining yana bir qismi tabiiy quvvatlanish manbai Quyoshning botish joyiga yetish maqsadida G‘arb tomonga qarab ko‘chishganligi, Bering quruqligi o‘tib Amerika qit’asiga kirib borgan indeys va mayyalar ekanligi va ular ham tug‘larida enlama shaklni asrab qolganligi sharhlangan. Amerika qurjilarining tilidagi turkiy so‘zlar, Gvatemaladagi Quchi shahri, turlar olovdan unumli foydalanish uchun o‘choqni kashf qilganligini, issiqlik va havo yordamida toshtemirni eritib chukun, temir va po‘lat olganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Mahmud Koshg‘ariy turlarning aslzodasi bo‘lgan o‘kuzbeklarning Qutluq xoqon va Mungul xoqonning zurriyotlari ekanligini, Nosiriddin Rabg‘uziy ham o‘kuzbeklarni “qutlug‘ zotlig‘”, “mo‘g‘ul sonilig‘” deb ta’riflaganini asos sifatida keltirgan. Turlar va turkiylar har doim yakka xudolikka e’tiqod qilganligi, Allohdan har bir bergan omonati uchun izn so‘rash uchun rozgohlar yuzaga kelganligini, manmanlik bois islomdan adashish sababli otashparastlik va buddaviylik dinlari yuzaga kelganligi tushuntirigan. Sopolli madaniyati tufayli Jarqo‘ton qal’asi, rozilik so‘rash joylarining mohiyati o‘zgarib Hindistonda budda ibodatxonalarining yuzaga kelganligi, asli hund-u xitoy bo‘lgan uyg‘urlarning buddaviylik diniga sig‘ingani, buddizm yer yuzida keng tarqalgan din ekanligi, kushonlar davridagi buddizmning shakllanishiga asos bo‘lgan rozgohlarning O‘zbekistonning Surondaryo viloyati hududida saqlanganligi, Buyuk Irak yo‘lini uchta tarmog‘i Kushon saltanati hududidan o‘tganligi, budda obidalariga asos bo‘lganobidalarni o‘rganishda faol qatnashgan yapon olimi Kato Kyudzo, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom qal’asi, Xayrabodtepa, Darband istehkomi, Temir darvoza, Zurmala stupasi, Tavka qal’asi, Tumanqo‘g‘on qal’asi kabi obidalar haqida fikrlar bildirilgan.  

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-03

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521