XORAZM ADABIY MUHITIDA AN’ANA VA ORGINALLIK
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-03Muhim iboralar:
Xorazm adabiy maktabi, adabiyot, devon, g‘azal, tatabbu’, tazmin, qofiya, radif, Navoiy, Sultoniy, tahlil.Annotatsiya
Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti va unga Alisher Navoiy ijodining ta’siri, Navoiy g‘azallariga tazmin bog‘lagan ijodkorlar Ogahiy, Ahmad Tabibiy hamda ularga ergashgan holda shahzoda shoirlardan Sayyid Nosir to‘ra Sultoniy tomonidan yozilgan tatabbu’ning yaratilishi, tatabbu’ g‘azalning an’analar asosida o‘ziga xos tarzda yozilgani haqida so‘z yuritiladi. Sayyid Nosir to‘ra Sultoniy Muhammad Rahimxon II Feruzning nabirasi bo‘ladi, u madrasada ta’lim olgan, she’r ilmini ustozlaridan o‘rgangan. Sayyid Nosir to‘ra Sultoniy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Sultoniy o‘zbek va fors-tojik tillarida ijod qilgan. Sultoniy haqida Xorazm adabiy muhiti haqidagi tarihiy manbalarda ma’lumotlar beriladi. Sahzoda shoirning lirik she’rlari “Devoniy Sultoniy”ida jamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida “Devoniy Sultoniy” АР–7095 raqami bilan saqlanadi. Devon uchun maxsus debocha yozilmagan. Kolofoni bor. Bundan tashqari Sultoniy g‘azallari majmua, bayozlarda keltirilgan. Sultoniy she’rlari mumtoz an’analariga hahohang tarzda yaratilgan. “Devoniy Sultoniy”da 300 dan ortiq g‘azallar bor, g‘azallari tatabbu’ tarzda ham bitilgan. Taxmis muxammaslarining ko‘pi Alisher Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Feruz kabi shoirlarning g‘azallariga yozilgan. “Devoniy Sultoniy”da jami 12 xil janrdagi she’rlar berilgan. Sultoniy Navoiyning “Sahar xovar shahikim charx uzra xayli hasham chеkdi, Shioyi xat bila ko‘xsor uza oltun alam chеkti” bayti bilan boshlanuvchi g‘azalidan ilhomlangan, Navoiyning badiiy tasvir vositalari va usullaridan unumli foydalangan holda o‘z qarashlari va g‘oyasini ifodalash uchun original tashbеh, istioraviy obrazlar yarata olgan. Sultoniy an’anaviy obraz va iboralarga ijodiy yondashgan va o‘z davri darajasida ularni orginal talqin qilgan.