ALISHER NAVOIYNING “ARBA’IN” ASARI MUQADDIMASI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-02Muhim iboralar:
Navoiy, arba’in, asar, Payg‘ambar, muqaddima, sharh, ma’no, misra, bayt, ummat, Haq ta’olo, hadis, lug‘at, sahih, ilm, jaholat.Annotatsiya
Alisher Navoiyning “Arba’in”asari o‘rta asrlar sharq mumtoz adabiyotida hadislarning she’riy talqini sifatida o‘ziga xos o‘rinni egallagan. Navoiy “Arba’in” asari muqaddimasi 46 misradan iborat bo‘lib, u “odobi tasnif” va “sababi ta’lifi manzuma” qismlariga ajratilgan. “Odobi tasnif” qismi xudoga, payg‘ambarga, Jomiyga va Husayn Boyqaroga bag‘ishlanadi. “Sababai ta’lifi manzuma” qismida “Arba’in”ni yozishdan maqsadi va bu asardan umidi, uning foydasi kabi masalalar yoritilgan.
Alisher Navoiyning “Arba’in” asariga yozgan muqaddimasidagi arabiy so‘zlarning kelib chiqishi, ularning ma’nolari hamda semantik tahliliga bag‘ishlanlan tadqiqotni yoritishni maqsad qildik. Bunda biz uchun qadimiy so‘z bo‘lishga ulgurgan ayrim turkiy so‘zlarning ma’no-mazmunini ochib berish orqali anglashilayotgan so‘zning negizi qaysi tildan kelib chiqqanligi bayon etildi. Va muqaddimadagi arabiy so‘zlarning ma’no-semantikasi har bir bayt so‘ngida sharhlab berildi.